Янгиликлар
📎O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida» 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy himoya qilish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini kengaytirish hamda kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10.11.2023 yil kuni 596-sonli qaror qabul qilindi.
📎Ushbu Reglament «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — «Yagona reestr» AT) orqali oilalarni kam ta’minlangan deb e’tirof etish, kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda ma’lumotnoma olish uchun elektron ko‘rinishda ariza taqdim etish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
📎Davlat xizmati kam ta’minlangan oilaning 18 yoshga to‘lgan ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) ko‘rsatiladi.
📎Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ko‘rsatiladi va ijtimoiy nafaqa AT «Xalq banki»ning tuman (shahar) bo‘limlari (filiallari) tomonidan to‘lab beriladi.
📎Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
📎Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qiladi, davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YaIDXPdan ro‘yxatdan o‘tadi yoki «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi.
📎Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda davlat xizmatlari markazi xodimiga, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar tomonidan «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimi orqali ariza beruvchi nomidan bevosita ularning roziligi bilan, YaIDXP orqali murojaat qilishda mustaqil tarzda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda elektron so‘rovnomani to‘ldiradi.
📎Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi, uni tasdiqlashning rad etilishi, tegishli hujjatlar ilova qilinmaganda yoki ariza beruvchi oilasi «Yagona reestr» ATda kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lsa davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
📎Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasi ariza beruvchining so‘rovnomada ko‘rsatilgan uyali telefon raqamiga yoki YaIDXPga yuboriladi.O.Otaxonov🖌Uychi tuman Adliya bo'limi DXM yetakchi mutaxassisi
Хотин-қизларнинг жамиятдаги ролини ошириш, гендер тенглиги ва оила масалалари бўйича Республика комиссиясининг 2023 йил ноябрдаги 8-сонли баёнида маҳалладаги хотин-қизлар фаоли ишини самарали ташкил этиш ҳамда хотин-қизлар билан ишлаш масаласида намунавий тизим яратиш белгиланган.
Бу борада Уйчи туманининг Соку ҳамда Қумтепа маҳалла фуқаролар йиғинларида маҳалла еттилигининг ишларини самарали йўлга қўйиш, шу билан бирга, намунавий маҳаллага айлантириш бўйича бир қатор ишлар амалга оширилмоқда.
Наманган вилоят ҳокимининг ўринбосари Д. Якубова, туман ҳокими Ш. Мусаев бошчилигида ҳамкор ташкилотлар раҳбарлари билан бирга ҳар икки маҳаллада семинарга тайёргарлик ишлари ташкил этилди ва ўрганиш ишлари олиб борилди.

Озиқ-овқат дастури ижросини ҳамда бозорларда нарх-наво барқарорлигини таъминлаш муҳим вазифа. Бу аҳоли дастурхони тўкинлиги билан бирга, озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлашда ҳам муҳим аҳамиятга эга. Айниқса, байрам арафасида савдо ярмаркалари ташкил қилиниши аҳолига қулайликлар яратмоқда.
Уйчи тумани марказида Янги йил байрами арафасида қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари билан савдо қилувчи ярмарка ташкил қилинди. Бу ердаги маҳсулотларнинг сифати ва ҳамёнбоплиги ҳам эътиборга молик. Эндиликда бу каби ярмаркаларни маҳаллалардаги энг гавжум жойларда ҳам ташкилланмоқда.
Uychi tumanidagi 38-maktabda 15-noyabrdan 15-dekabrgacha "Farovon oila oyligi" doirasida bir qator ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.
"Keksalar umr yo'li - tarbiya maktabi" mavzusida uch avlod uchrashuvi o'tkazildi. Unda maktabimizning faxriy ustozlari Ne'matjonBoydedayev, HabibaxonBoydedayeva ustozlar 10-sinf o'quvchilari bilan uchrashdilar. Ular yoshlarga o'z hayot yo'llari haqida gapirib, erishgan yutuqlari, farzandlar tarbiyasi, ularning muvaffaqiyati to'g'risida ma'lumotlar berishdi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtigan savollarga javob oldilar.
Maktabning yuqori sing qizlari o'rtasida voleybol, o'qituvchi, texnik xodimlar o'rtasida shaxmat-shashka musobaqalari, "5000 qadam" loyihasi tashkil etildi. 9-11-sinflar qizlari o'rtasida maktab hamshirasi Muniraxon Xudoyarova, maktab psixologi Nigoraxon Qosimova ishtirokida "Hayo-qiz bolaning ziynati" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Муқаддас Боймирзаева, мактаб хотин-қизлар қўмитаси раиси.
Уйчи туман ИИБ бошлиғи, 3-сектор раҳбари Ф.Мирзаев сектор ҳудудидаги 24-мактабга бориб, мактабда синф хоналарининг иситилиши, ошхона фаолияти, иситиш қозонлари созлигини ўрганди.
Ўқувчилар билан суҳбатлашиш давоми иситилиш яхши эканлиги аниқланди ва масъулларга иситишда муаммолар бўлган вақтда ахборот бериш белгиланди.






