Uychi tumanidagi 38-maktabda 15-noyabrdan 15-dekabrgacha "Farovon oila oyligi" doirasida bir qator ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.

"Keksalar umr yo'li - tarbiya maktabi" mavzusida uch avlod uchrashuvi o'tkazildi. Unda maktabimizning  faxriy ustozlari Ne'matjonBoydedayev, HabibaxonBoydedayeva ustozlar 10-sinf o'quvchilari bilan uchrashdilar. Ular yoshlarga o'z hayot yo'llari haqida gapirib, erishgan yutuqlari, farzandlar tarbiyasi, ularning muvaffaqiyati to'g'risida  ma'lumotlar berishdi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtigan savollarga javob oldilar.

Maktabning yuqori sing qizlari o'rtasida voleybol, o'qituvchi, texnik xodimlar o'rtasida shaxmat-shashka musobaqalari, "5000 qadam" loyihasi tashkil etildi. 9-11-sinflar qizlari o'rtasida maktab hamshirasi Muniraxon Xudoyarova, maktab psixologi Nigoraxon Qosimova ishtirokida "Hayo-qiz bolaning ziynati" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Муқаддас Боймирзаева, мактаб хотин-қизлар қўмитаси раиси.