📎O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida» 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy himoya qilish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini kengaytirish hamda kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10.11.2023 yil kuni 596-sonli qaror qabul qilindi.

📎Ushbu Reglament «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — «Yagona reestr» AT) orqali oilalarni kam ta’minlangan deb e’tirof etish, kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda ma’lumotnoma olish uchun elektron ko‘rinishda ariza taqdim etish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

📎Davlat xizmati kam ta’minlangan oilaning 18 yoshga to‘lgan ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) ko‘rsatiladi.

📎Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ko‘rsatiladi va ijtimoiy nafaqa AT «Xalq banki»ning tuman (shahar) bo‘limlari (filiallari) tomonidan to‘lab beriladi.

📎Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

📎Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qiladi, davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YaIDXPdan ro‘yxatdan o‘tadi yoki «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi.

📎Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda davlat xizmatlari markazi xodimiga, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar tomonidan «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimi orqali ariza beruvchi nomidan bevosita ularning roziligi bilan, YaIDXP orqali murojaat qilishda mustaqil tarzda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda elektron so‘rovnomani to‘ldiradi.

📎Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi, uni tasdiqlashning rad etilishi, tegishli hujjatlar ilova qilinmaganda yoki ariza beruvchi oilasi «Yagona reestr» ATda kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lsa davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

📎Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasi ariza beruvchining so‘rovnomada ko‘rsatilgan uyali telefon raqamiga yoki YaIDXPga yuboriladi.O.Otaxonov🖌Uychi tuman Adliya bo'limi DXM yetakchi mutaxassisi