Янгиликлар
“Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида Наманган вилоятининг барча туманларида амалий ҳаракатлар бошланди. Вилоят ҳудудида 9 млн. 692 минг дона мевали ва манзарали дарахт кўчатлари экилди.
Уйчи туманининг Пастгузар массивида ташкил этилган умуммиллий ҳаракатда вилоят ҳокимининг ўринбосари, Оила ва хотин-қизлар бошқармаси бошлиғи Динара Якубова, туман ҳокимининг ўринбосари Саидахон Аҳмадалиева иштирок этдилар. Тадбирда "Маданият карвони” ва “Маънавият фестивали” иштирокчилари, хотин-қизлар фаоллари, отинойилар қатнашиб, манзарали дарахт кўчатларини ўтқазишди.
" Эзгуликка йўғрилган ушбу тадбирдан кўзланган асосий мақсад шаҳар-у қишлоқларни кўкаламзорлаштириш, яшил ҳудудлар майдонини кенгайтириш, аҳоли, хусусан, аёлларни атроф-муҳит барқарорлигини таъминлашда фаоллиги ва масъулиятини янада ошириш, маҳаллалар ҳудудларини, аҳоли турар-жойлари атрофини бундан-да кўркам кўринишга келтиришдан иборат",- дейди Д.Якубова.
🔰Фестивалнинг “Маърифат улашиб” акцияси доирасида туман маданият марказида Малика Бойхонованинг “Уйчи дурдоналари” номли китоби тақдимоти бўлиб ўтди. Тадбир доирасида "Меҳнат ярмаркаси", миллий ўйинлар намойиши, китоб кўргазмаси ташкил этилди.
“Уйчи тонги” фольклор ансамбли ижро этган лапар ва ўланлар, “Тантана” доирачилар гуруҳининг чиқишлари, ёш ижодкорлар ўқиган шеърлар барчада илиқ таассурот уйғотди.
🔰Ёзувчи драматург А.Аҳмаджонов Уйчи адабий муҳити ва “Уйчи дурдоналари” китоби яратилиши ҳақида маълумот берди. “Менинг фарзандим-Ўзбекистон фахри!” лойиҳаси доирасида белбоғли кураш спорт тури бўйича жаҳон чемпионлари Моҳигул Иброҳимова, Зебохон Носироваларнинг эришган ютуқлари эътироф этилди. Китоб муаллифи ва спортчиларнинг ота- оналарига ташаккурнома, эсдалик совғалари топширилди.
🔰Якунда “Маданият карвони”нинг концерт дастури намойиш этилди.
Уйчи туман прокуратураси ҳамда туман аҳоли бандлигига кўмаклашиш маркази ҳамкорлигида туманда иш билан банд бўлмаган битирувчилар, уюшмаган ёшлар ва банд бўлмаган фуқароларнинг ўзида мавжуд муаммолари, ҳуқуқий масалаларига ечим топиш ва бандлигини таъминлаш мақсадида туманда маданият марказида “Бўш иш ўринларининг “Меҳнат ярмаркаси ўтказилди.
Унда 11 та корхона ва ташкилотдан 184 та бўш иш ўринлари қўйилди. Шу куни 35 нафар фуқарога доимий иш билан банд бўлиши учун йўлланма берилди, 31 нафари ҳақ тўланадиган жамоат ишларига, 14 нафари касбга ўқитиш ва қайта ўқитишга йўналтирилди. 22 нафар фуқарога турли хил масалалар бўйича ҳуқуқий маслаҳатлар, тушунтиришлар берилди.
“Меҳнат ярмаркаси”да туман прокурори А.Тухтасинов, туман ҳокимининг ўринбосари А.Собировлар иштирок этишди.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 512-moddasiga ko'ra Renta shartnomasi muvofiq bir taraf (renta oluvchi) ko'chmas yoki ko'char mol-mulkni boshqa tarafga (renta to'lovchiga) mulk qilib beradi, renta to'lovchi esa olingan mol-mulk o'rniga renta oluvchiga vaqti-vaqti bilan belgilangan pul summasi yoki uni ta'minlash uchun boshqa shaklda mablag' berish tarzida renta to'lash majburiyatini oladi.
Renta shartnomasiga muvofiq rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchi hayot bo'lgan muddat mobaynida to'lash (umrbod renta) majburiyatini belgilashga yo'l qo'yiladi. Umrbod renta fuqaroni o'z qaramog'iga olgan holda umrbod ta'minlash sharti bilan belgilanishi mumkin.
Fuqarolik kodeksining 513-moddasiga asosan, Renta shartnomasi notarial tasdiqlanishi, ko'chmas mol-mulkni renta to'lash sharti bilan boshqa shaxsga berishni nazarda tutadigan shartnoma esa bundan tashqari davlat ro'yxatidan ham o'tkazilishi lozim.
Renta shakli asosan ikki xil guruhga ajraladi:
doimiy renta;
umrbod renta.
Doimiy rentani qonunga zid kelmasa , ularning faoliyat maqsadiga mos bo'lsa fuqarolar va notijorat tashkilotlari olishlari mumkin.
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, doimiy renta shartnomasi bo'yicha renta oluvchining huquqlari ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarga talabdan voz kechish yo'li bilan topshirilishi va vorislik bo'yicha yoki yuridik shaxslar qayta tashkil qilinganda boshqa shaxslarga o'tishi mumkin.
Doimiy renta pul bilan to'lanib, u renta to'lash sharti bilan topshirilgan mol-mulkka o'xshash mol-mulkni ijaraga berishda qo'llaniladigan mol-mulkdan foydalanish haqining o'rtacha stavkasi doirasida shartnoma bilan belgilanadigan miqdorda, renta to'lash sharti bilan pul summasi topshirilganda esa ushbu kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan bank foizining tegishli darajada joriy etilgan stavkasi doirasida bo'ladi.
Shartnomada rentaning pul summasiga teng qiymatdagi ashyolarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko'rsatish yo'li bilan ham renta to'lash nazarda tutilishi mumkin.
Agar doimiy renta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, mol-mulkdan foydalanish haqining tegishli stavkasi yoki bank foizi stavkasi o'zgarsa, to'lanadigan renta miqdori ham mutanosib ravishda o'zgaradi.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, doimiy renta yilning har bir kalendar choragi tugashi bilan to'lanadi.
Umrbod renta mulkini renta to'lash sharti bilan topshirayotgan fuqaro hayot bo'lgan davrga yoki u ko'rsatgan boshqa fuqaro hayot bo'lgan davrga belgilanishi mumkin.
Umrbod rentani bir necha fuqaro foydasiga belgilashga yo'l qo'yiladi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, renta olish huquqida ularning ulushlari teng deb hisoblanadi.
Chunonchi shartnomada boshqacha tartib ko'zda tutilgan bo'lmasa, renta oluvchilarning biri vafot etgan taqdirda uning renta olish huquqidagi ulushi undan keyin hayot bo'lgan renta oluvchilarga o'tadi, oxirgi renta oluvchi vafot etgan taqdirda renta to'lash majburiyati bekor bo'ladi.
Shartnoma tuzilgan paytgacha vafot etgan fuqaro foydasiga umrbod renta belgilaydigan shartnoma o'z-o'zidan haqiqiy emas.
Umrbod renta shartnomada renta oluvchi hayot bo'lgan davrda unga vaqti-vaqti bilan to'lanadigan pul summasi sifatida belgilanadi.
Umrbod rentaning shartnomada belgilanadigan bir oylik miqdori qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan oz bo'lmasligi kerak, Ushbu kodeksning 247-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa oshirilishi lozim.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, umrbod renta har bir kalendar oy tugashi bilan to'lanadi.
Uychi yuridik xizmat ko'rsatish
markazi bosh yuristkonsulti : Sh.Dadaboyev
E'LONMulkchilik shaklidan qatiy nazar, barcha turdagi xisobot topshiruvchi sube'ktlarning faoliyati davrida xal etish va vujudga keladigan savollar yechimini topish, ularga tushunchalar xamda amaliy yordam berish maqsadida Uychi tuman statistika bo'limida xar oyda bir marotaba '' SEMINAR UCHRASHUVLAR'' tashkil etilgan. Uychi tuman statistika bo'limi.
telefon: 69-48-21-545
Tumandagi tashkilot rahbarlari va hisobchilari diqqatiga!Uychi tuman statistika bo'limi tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida har oyning 1-3 juma kunlari "Ochiq eshiklar kuni" tushunturish ishlari va seminarlar o'tkazish tashkil qilingan. Unga ko'ra barcha hisobotlar va eStat 4.0 dasturi haqida o'zlari qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishlari mumkin.Uychi tuman statistika bo'limi.Ma'lumot uchun tel:69 48-21-545
TIJORATCHI TASHKILOT BO’LGAN YURIDIK SHAXSLAR, ULARNING ALOHIDA BO’LINMALARI VA NOTIJORAT TASHKILOTLAR DIQQATIGA !
(kichik korxonalar va mikrofirmalardan tashqari, O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan ro‘yxat bo‘yicha)
Statistika organlariga (xar oyning yakuni bo‘yicha) taqdim etiladigan «Tashkilot faoliyati to‘g‘risida»gi 12-korxona shakli (oylik) davlat statistika hisobot shaklini, hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay, internet tarmog‘i vositasida, elektron shakldagi statistik hisobotlarni yig‘ishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi «eStat 4.0» dasturi orqali, elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz so‘raladi.
Uychi tuman statistika bo’limi.
Murojaat uchun telefonlar: 69 48-21-545
Ho’jalik yurituvchi sub’ektlar, Byudjet tashkilot raxbar va hisobchilar diqqatiga!!!
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan Davlat statistika hisoboti 12-moliya hisobotlarini “ESTAT 4.0” tizimlari orqali 2022 yil 18 avgust sanasidan kechiktirmay topshirilishini ma’lum qilamiz.
ESTAT 4.0 ( hisobot.stat.uz ) xavolasi orqali hisoboti topshirish vaqtida elektron raqamli imzo (ERI) bo'lishi zarur
Murojaat uchun telefonlar: 69-48-21-545






