🔹Ўзбекистон Республикаси Призиденти Администрациясининг "Аҳоли кунлик кайфиятига бевосита таъсир кўрсатаётган энг долзарб муамоларни ўрганиш орқали 2022-2023 йилларда маҳаллалар инфратузилмасини янада яхшилаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида" ги фармойиши ижросини таъминлаш мақсадида Уйчи туманида шағалланмаган йўлларни шағаллаш ва текислаш ишлари давом этмоқда.

🔹Уйчи тумани ИИБ бошлиғи, 3-сектор раҳбари Фурқат Мирзаев, туман йўллардан фойдаланиш унитар корхонаси билан ҳамкорликда ушбу амалий иш давомида тумандаги шағалланмаган кўчаларнинг барчаси шағалланиши белгиланган.

🔹 Айни кунларда Тепасарой, Гумбаз, Тошлоқ ҳамда Ҳуррият МФЙлардаги кўчаларда шағаллаштириш ва текислаш ишлари олиб борилмоқда.

🔹Тез фурсатда тумандаги шағалланиши лозим бўлган кўчаларнинг барчаси тўлиқ шағалланади.

🔹Шағаллаш ишлари учун жами 52 та юк машинаси жалб

Унда 38 нафар ёш иштирок этди. Беш ташаббус олимпиадасининг маҳалла босқичи ғолибларига эсдалик совғалари топширилди. Икки нафар ёшга тикув машинаси берилиб, бандлиги таъминланди.

Учрашувда ёшлар томонидан турли мазмундаги 10 та мурожаат келиб тушди. Ушбу мурожаатларнинг 4 таси жойида ижобий ҳал этилди, 2 нафар ёшнинг мурожаати юзасидан тушунтириш берилди. Қолган 4 та мурожаат қўшимча ўрганиш талаб қилганлиги боис ижроси назоратга олинди.

Учрашувда ёшларнинг муаммоларини ҳамда мурожаатларини ҳал этиш учун тумандаги мутасадди ташкилотлар вакиллари ҳам қатнашди.

I. Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror uning muassislari (qatnashchilari), vakillari yoki vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.Qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi• tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ekti to‘g‘risidagi ma’lumotlar (to‘liq va qisqartirilgan nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);• tugatuvchi haqidagi ma’lumotlar (pasport ma’lumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili);• tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ekti bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati;• tadbirkorlik sub’ektini tugatish sababi va mo‘ljallanayotgan tugatish muddati.II. Tugatuvchi tayinlanadi.• Uch ish kuni mobaynida – tijorat tashkiloti faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlarni, shuningdek, tijorat tashkilotining muhri, shtamplari (agar mavjud bo‘lsa) va boshqa mol-mulkini ro‘yxat bo‘yicha topshiradi.Tugatuvchi• ixtiyoriy tugatishni amalga oshiradi va tijorat tashkilotining kreditorlari, muassislari (qatnashchilari) hamda boshqa tegishli shaxslar manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;• tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlaydi;• ishonchnomasiz tijorat tashkiloti nomidan vakillik qiladi, tijorat tashkilotining moliyaviy, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarini imzolaydi;• tijorat tashkilotining barcha mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar chiqaradi.II. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyingi ish kunidan kechikmay• ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ― ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini;• tijorat tashkilotining talab qilib olinadigan asosiy depozit hisobvarag‘iga, xizmat ko‘rsatuvchi bankka va xorijiy valyutadagi mablag‘lari jamlanadigan bankka: ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini; imzolar namunalari va tugatuvchi muhrining bosma izi qo‘yilgan kartochkalarning ikki nusxasini;• tijorat tashkilotining milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlariga, jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga va muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarga – ularni yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnomani;• tijorat tashkilotining xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlari ochilgan banklarga – ularni yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini uning depozit hisobvaraqlariga, milliy valyutadagi asosiy hisobvarag‘i ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnomani jo‘natadi.

III. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tugatish to‘g‘risida qaror tushgandan so‘ng bir ish kuni ichida• tijorat tashkiloti ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat reestriga kiritadi hamda bu to‘g‘risida Tizim orqali vakolatli organlarni xabardor qiladi;• ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning rasmiy saytiga tijorat tashkiloti tugatilayotganligi to‘g‘risida barcha uchun erkin foydalanish imkoni bo‘lgan e’lonni joylashtiradi.IV. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin• qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat tashkiloti xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘radi;• tijorat tashkilotining aktivlari va majburiyatlarini xatlovdan o‘tkazadi, shu jumladan, tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reestrini tuzadi;• yil boshidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davrda tijorat tashkiloti tomonidan to‘lanadigan barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadi;• tijorat tashkilotining debitorlik qarzlarini olish, shuningdek, tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi to‘g‘risidagi belgi, pochta kvitantsiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va tijorat tashkilotining tugatilishi to‘g‘risida ularni yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini ko‘radi.V. Byuroning tuman (shahar) bo‘limi o‘n kundan kechiktirmay ish yuritishda ijro hujjati mavjudligini aniqlaydi. Tegishli ijro hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda, davlat ijrochisi ijro ishini tugallaydi va ijro hujjatini tugatuvchiga yuboradi.• Davlat soliq xizmati organi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ uch ish kuni mobaynida tijorat tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi, uning muddati o‘ttiz kalendarь kundan oshmasligi kerak.VI. Tugatuvchi quyidagi harakatlarni amalga oshirilganidan so‘ng tugatish balansi loyihasini tuzadi• kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan so‘ng, shuningdek, tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari amalda ijro etish;• soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, moliyaviy jarimalar summasi, shu jumladan, tekshirishlar yakunlari bo‘yicha hisoblangan summalar to‘lash;• tijorat tashkilotining mol-mulki mulkka egalik qilish yuzasidan buyumlar bo‘yicha huquqlarga yoki ushbu tijorat tashkilotiga nisbatan majburiyatlar bo‘yicha huquqlarga ega bo‘lgan muassislar (qatnashchilar) o‘rtasida taqsimlash.VII. Tugatish balansi ta’sischilar tomonidan imzolanganidan so‘ng, davlat soliq xizmati va Byuroga yuboriladi.VIII. Tugatuvchi tijorat tashkilotining asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankka uni yopish to‘g‘risida murojaat qiladi.IX. Tugatuvchi asosiy hisobvaraqi yopilgandan keyin uch ish kuni mobaynida davlat arxiviga tijorat tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarini topshiradi.X. Tugatuvchi tijorat tashkilotini davlat reestridan chiqarish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga quyidagilarni taqdim etadi• tijorat tashkilotining barcha hisobvaraqlari yopilganligi to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi banklarning ma’lumotnomalari;• tijorat tashkilotining muhr va shtamplari (agar mavjud bo‘lsa);• vakolatli organ tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (agar mavjud bo‘lsa);• tijorat tashkiloti hujjatlarining davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.XI. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qarorni qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida qarorni tugatuvchiga beradi.XII. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ davlat reestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar kiritilgandan keyin uch ish kuni ichida• tijorat tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati va statistika organlarini Tizim orqali xabardor qiladi;• tugatilgan tijorat tashkilotining muhr va shtamplarini (agar mavjud bo‘lsa) belgilangan tartibda yo‘q qilish choralarini ko‘radi;

• tijorat tashkilotiga berilgan litsenziya va ruxsatnomalarni (agar mavjud bo‘lsa) ularni bergan organlarga topshiradi;• O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining tijorat tashkiloti joylashgan joydagi filialini tijorat tashkiloti tugatilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.

Akramjon Sobirov, Chortoq tuman Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi.

Маълумки, Республикамизда бугунги кунда давлат хизматларига бўлган эҳтиёж ва талаб кундан кунга ўсиб бормоқда. Бу борада давлатимиз раҳбарининг “Халқ давлат идораларига эмас, давлат идоралари халқимизга хизмат қилиши керак” деган улуғвор ғоялари амалда қўлланилиб, фуқароларимизнинг оғирини енгил, олисини яқин қилиш учун туман (шаҳар) адиля бўлимларининг давлат хизматлари марказлари томонидан хизмат кўрсатиб келинмоқда. Бугунги кунда марказлар томонидан кўрсатилаётган хизматлари сони 200 га яқинлашганини мамнуният билан айта оламиз. Давлат хизматларидаги муҳим йўналишлардан бири бўлган қурилиш соҳасига оид кўрсатилаётган хизматлар хам кундан кунга соддалашиб фуқароларимиз ва тадбиркорлимизнинг оғрини енгил қилиш йўлида хизмат қилмоқда. Бу соҳада “Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 20 апрелдаги “Қурилиш соҳасига оид ягона маъмурий регламентларини тасдиқлаш тўғрисида”ги 200-сонли қарори қабул қилинган бўлиб, мазкур регламентга асосан 7 та турдаги яъни:1. Бино ва иншоотларнинг ташқи кўринишини ўзгартиришни келишиш бўйича давлат хизматлари кўрсатишнинг маъмурий регламенти 1-иловага мувофиқ; 2.Бино ва иншоотларнинг ихтисослашишини ўзгартириш, қайта қуриш, реконструкция қилиш ҳамда ўз ҳудудида қўшимча бино ва иншоотларни қуришни лойиҳалаштиришга рухсатнома бериш бўйича давлат хизматлари кўрсатишнинг маъмурий регламенти 2-иловага мувофиқ;3. Архитектура-режалаштириш топшириғини ишлаб чиқиш бўйича давлат хизматлари кўрсатишнинг маъмурий регламенти 3-иловага мувофиқ;4. Лойиҳа-смета ҳужжатларини келишиш бўйича давлат хизматлари кўрсатишнинг маъмурий регламенти 4-иловага мувофиқ;5. Қурилиш-монтаж ишларини бошлаш учун объектни рўйхатдан ўтказиш бўйича давлат хизматлари кўрсатишнинг маъмурий регламенти 5-иловага мувофиқ;6. Қурилиш-монтаж ишлари тугалланган объектдан фойдаланиш учун рухсатнома бериш бўйича давлат хизматлари кўрсатишнинг маъмурий регламенти 6-иловага мувофиқ;7. Кўчмас мулк бузилишга тушган ёки тушмаганлиги тўғрисида маълумотнома бериш бўйича давлат хизматлари кўрсатишнинг маъмурий регламенти 7-иловага мувофиқ тасдиқланган хизматлар кўрсатиб келинмоқда.«Шаффоф қурилиш» миллий ахборот тизимини Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлигининг «Кадастр ва рўйхатдан ўтказиш интеграциялашган ахборот тизими» билан интеграция қилиниб, қурилиш соҳасига оид ягона маъмурий қурилиш регламентлари билан белгиланган тартиблар тўлиқ ҳолда ишга турилинган ва бу соҳани янада такомиллаштириш юзасидан таклифлар ишлаб чиқилиб соҳа бўйича тегишли ишлар олиб борилмоқда.Уйчи туман давлат хизматлари маркази.

O‘zbekiston Respublikasining «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonuni 2020-yil 17-avgustda qabul qilingan.

Yangi tahrirdagi qonunga ko‘ra, Odam savdosiga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilar etib belgilangan:• qonuniylik;• odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar javobgarligining muqarrarligi;• odam savdosidan jabrlanganlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;• ijtimoiy sheriklik.

Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:• odam savdosiga qarshi kurashishga, shu jumladan odam savdosiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;• odam savdosining oldini olishga qaratilgan huquqiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, profilaktika chora-tadbirlarini, axborotga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish;• odam savdosini o‘z vaqtida aniqlash va unga chek qo‘yish, uning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar javobgarligining muqarrarligi prinsipini ta'minlash;• odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ijtimoiy himoya qilish;• odam savdosiga qarshi kurashish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari, konferensiyalar, seminar-treninglar va davra suhbatlari o‘tkazishga doir faoliyatni, shuningdek ushbu sohadagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari xodimlarini kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatni rivojlantirish hamda rag‘batlantirish;• odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik.Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy komissiya davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organdir.Milliy komissiyaning qarorlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan bajarilishi shart, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun esa tavsiyaviy xususiyatga ega.

Odam savdosining oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:• fuqarolarning odam savdosidan jabrlanishining oldini olishga, ularning himoyasiz va xavf ostida qolishiga sabab bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni;• odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi muammolarni aniqlash va ushbu muammolarning yechimlarini ishlab chiqish maqsadida mazkur sohadagi faoliyatning doimiy monitoringini amalga oshirishni;• odam savdosidan jabrlanganlar tushib qolishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlar haqida, davlat hamda odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasalar tomonidan taqdim etiladigan himoya choralari to‘g‘risida, odam savdosiga qarshi kurashish uchun davlat tomonidan ko‘rilayotgan jinoiy va ma'muriy ta'sir choralari haqida jamiyatning xabardorligini oshirishni;• turistik faoliyatni, shuningdek aholini ish bilan ta'minlashga oid faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatiga doir talablarni belgilashni;• O‘zbekiston Respublikasining davlat ta'lim muassasalarida va nodavlat ta'lim tashkilotlarida odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi ta'lim dasturlarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni;• odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari xodimlarini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish choralarini ko‘rishni.

Ahrorbek TillayevUychi tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi

Подкатегории