A. Abdullayev boshchiligidagi 3-maktabda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir avvalida ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari O.Po'latov nutq so'zlab, tadbirni ochib berdi.

Shundan so'ng tadbirning badiiy qismida ona tilimizni madh etuvchi she'r, kuy, qo'shiq, raqs, sahna ko'rinishlari ijro etildi.Tadbir ko'tarinki kayfiyatda o‘tdi, ona tilimizni mazmun- mohiyati bo'yicha ma'lumotlar berildi.

Joriy yilning 20 oktabr kuni “Profilaktika kuni” munosabati bilan Uychi tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori leytenant Jahongir Malikov, Fayziobod mahallasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “xonadonbay”, “oilabay” va “fuqarobay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida aholining yashash sharoiti, ularning mavjud muammo va takliflarini yaqindan o‘rganildi.

Qonun doirasida ijobiy hal etish choralarini ko‘rishga alohida e'tibor qaratilib, notinch, ajrim yoqasida turgan oilalar hamda jinoyat sodir etgan, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslarning yashash xonadonlariga borildi, ularning turmush tarzi o‘rganildi va oila a'zolari bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Hududdagi 27-sonli maktabda navbatdagi “davomat” va “Tig‘‘” tadbirlari o‘tkazildi. Bunda, maktab masʼullari, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida savol-javoblar orqali turli illatlarning salbiy oqibatlari batafsil tushuntirilib, “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish” mavzularida umumiy va viktimologik profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.

@uychihokimligi

“Ҳудудларда аёллар молиявий саводхонлигини ошириш” лойиҳаси доирасида Молиявий саводхонлик даражасини ошириш ва жамғариш маданиятини шакллантириш мақсадида Марказий банк томонидан Уйчи туманида аёллар учун ўқув тренинги ташкил этди.

Президент қарори ижросини таъминлаш мақсадида Уйчи тумани маданият марказида бўлиб ўтган шундай тадбирда банк омонатлари орқали маблағларни жамғариш имкониятлари, молиявий хавфсизликнинг асосий қоидалари, ижобий кредит тарихини шакллантириш учун масъулиятли қарз олишнинг аҳамияти, шунингдек, аҳоли учун давлат томонидан яратилаётган имтиёз ва имкониятлар ҳақида тушунтиришлар берилди.

Ўқув тренинг иштирокчилари машғулотларда фаол қатнашиб, ўзларини қизиқтирган саволлар билан мутахассисларга мурожаат этдилар.

⚜️Namangan viloyati Uychi tumani xalq taʻlimi boʻlimi tasarrufidagi 1-IDUM jamoasi ona tilimizga bo‘lgan yuksak hurmatini #Onatilimfaxrim chorlovini ommalashtirish orqali ifoda etishmoqda.

🔹Inson goʻzalligi, maʼnaviyati, buyuk merosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu–tildir. 🔸Milliy tilga eʼtibor va ehtirom millatsevarlik, vatanparvarlik, olijanoblikning yorqin ifodasidir.

🔹Shu bois ham ona tilimizni ulugʻlash, uning borligini-da bir neʼmat bilib, bayram sifatida nishonlash har bir millat vakili uchun farzdir.

🔸Shunday ekan, davlat tiliga hurmat–yuksak insoniy burch ekanligini barchamiz yodda tutmog‘imiz lozim!

🗣Ona tilimizni targ‘ib etishda siz ham faol ishtirok eting!

✅Учрашувда 48 нафар ёш иштирок этди.

✅Ёшлар томонидан турли мазмундаги 14 та мурожаат келиб тушди. Ушбу мурожаатларнинг 5 таси жойида ижобий ҳал этилди, 4 нафар ёшнинг мурожаати юзасидан тушунтириш ишлари берилди. Қолган 6 нафар ёшнинг мурожаати қўшимча ўрганиш талаб қилганлиги боис ижроси назоратга олиниб, тегишли тартибда мутасадди ташкилотларга йўналтирилди.

✅Учрашувда ёшларнинг муаммоларини ҳамда мурожаатларини ҳал этиш учун тумандаги мутасадди ташкилотлар вакиллари ҳам қатнашди.

Подкатегории