Joriy yilning 20 oktabr kuni “Profilaktika kuni” munosabati bilan Uychi tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori leytenant Jahongir Malikov, Fayziobod mahallasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “xonadonbay”, “oilabay” va “fuqarobay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida aholining yashash sharoiti, ularning mavjud muammo va takliflarini yaqindan o‘rganildi.
Qonun doirasida ijobiy hal etish choralarini ko‘rishga alohida e'tibor qaratilib, notinch, ajrim yoqasida turgan oilalar hamda jinoyat sodir etgan, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslarning yashash xonadonlariga borildi, ularning turmush tarzi o‘rganildi va oila a'zolari bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Hududdagi 27-sonli maktabda navbatdagi “davomat” va “Tig‘‘” tadbirlari o‘tkazildi. Bunda, maktab masʼullari, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida savol-javoblar orqali turli illatlarning salbiy oqibatlari batafsil tushuntirilib, “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish” mavzularida umumiy va viktimologik profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.
@uychihokimligi






