Янгиликлар
🔔 Davlat xizmatlari markazlari va my.gov.uz orqali bir qator davlat xizmatlari YANADA OSON bo‘ladi!
✅ Yer ijaraga olganingizdayoq — dehqon xo‘jaligingiz avtomatik ro‘yxatdan o‘tadi!
✅ Fermer xo‘jaligingizni reyestrga kiritish, o‘zgartirish yoki chiqarish — hammasi bir tugma orqali! (DXM va my.gov.uz orqali)
✅ Fermer xo‘jaligingiz tugatilsa, uni reyestrdan chiqarish uchun alohida murojaat qilish shart emas — bu ham avtomatik bo‘ladi.
✅ Tashkilot tugatilganda soliq, statistika va Xalq bankiga siz emas, tizimning o‘zi xabar beradi! (ilgari uch ish kuni ichida edi)
✅ Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish jarayoni ham to‘liq raqamlashtiriladi — barcha organlar 1 ish kunida xabardor qilinadi.
✅ Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda tugatuvchi oʻzining tugatuvchi etib belgilanganligini elektron tarzda kelishadi.
✅ "Kredit tarixi" endi yuridik shaxslarga ham beriladi. Narxi esa arzonroq: BHMning 5% o‘rniga 4% bo‘ldi!
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori
Дилбархон Мирзаева, Уйчи туман Давлат хизматлари маркази бош мутахассиси.
Миллий гвардия НВББ ББИБ Уйчи туман инспектор психологлари, туман ИИБ инспектори, туман ММТБ ходимлари томонидан Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 3 январдаги ПҚ-1 сонли қарори ижроси бўйича чора-тадбирлар режасининг 3-йўналиши ёшлар ва вояга етмаганлар ўртасида ҳуқуқбузарликнинг олдини олиш мақсадида "Хавфсиз бола" профилактик тадбири ўтказиб келинмоқда.
Бунда асосий эътибор тунги вақтларда фарзандини назоратсиз қолдирган ота -налар билан ишлаш, вояга етмаган шахсларнинг жиноят қурбони бўлиш эҳтимоли юқори бўлган жойлар, компьютер ўйинлари, тунги кўнгилочар масканларга вояга етмаганларни киритмаслик бўйича тушунтириш ишлари олиб борилди.


Маълумки, Уйчи туманидаги "Умид ниҳоллари" болалар ёзги соғломлаштириш оромгоҳи Ўзбекистон касаба уюшмалари федерацияси капитал қурилиш бошқармаси буюртмачилигида "Келажак мега строй" МЧЖ томонидан замонавий қиёфага кирди. Бу ерда реконструкция ишлари амалга оширилди.
Бугун оромгоҳга Департаментнинг Наманган вилоят бошқармаси бошлиғи Азамат Бобохонов, мониторинг бўлими бошлиғи Камолхон Обидовлар ташриф буюриб, амалга оширилган ишлар, яратилган шарт-шароитлар билан яқиндан танишдилар. Мавсум олдидан тайёргарлик ишлари бўйича мутасаддиларга топшириқлар берилди.

Уйчи туманидаги "Мустақиллик боғи"да Наврўз байрамига тайёргарлик бўйича мутасадди ташкилотлар раҳбарлари билан йиғилиш ўтказилди ва ободонлаштириш, боғни байрамга тайёрлаш бўйича тегишли топшириқлар берилди. 
Aholini ro‘yxatga olish, avvalo, davlat yoki hukumat emas, balki jamiyatning o‘zi uchun zarur bo‘lib, u vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini ko‘zguda ko‘rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir. Ro‘yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o‘zi haqidagi ma’lumotlarni taqdim eta turib, o‘zlari mansub bo‘lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Misol uchun, ishsizlarning so‘rovnomadagi javoblari mehnat bozorini o‘rganish va aynan kerakli joyda yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini bersa, bolalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari va shu kabi muassasalar qurilishi rejalarini tuzishda qo‘l keladi. Yosh haqidagi ma’lumotlar pensiyaga chiqadiganlar soni, ularning pensiya to‘lovlari uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni jamg‘arib borish imkonini beradi. Har yili maktabgacha ta’lim, umumta’lim maktablari yoki oliy ta’limga qabul qilinadigan yoshlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham xuddi shunday shakllanadi. Yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa har birimizning uyimizgacha keladigan yo‘llar qurilishi, kommunikatsiyalar bilan ta’minlashni rejalashtirish uchun zarur.






