Undan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o'rtasida  sog'lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularni qutq'ruvchi kasbiga qiziqtirish, harbiy vatanparvarlik ruhida  tarbiyalash, favqulotda  vaziyat yuz  berganda to'g'ri harakat qilish, o'zi  hamda o'zgalarga yordam berish, ularda fuqaro muhofazasi va yong'in xavfsizligiga oid bilim, malaka va ko'nikmalarni shakllantirish, ushbu yo'nalishda targ'ibot- tashviqot ishlarini keng olib borish.

" Yosh  qutqaruvchi"  tanlovining 1- sektor maktablari guruhlari  ishtirokida  musobaqa juda qiziqarli , bahs - munozarali o'tdi.Yoshlar o'z yurtiga, vatandoshiga sadoqatli bo'lish kabi fazilatlarni yana bir bor his etdilar.

M.Nuriddinova,5- maktab MMIBD o‘rinbosari.

Жонли мулоқот тарзида ўтказилган учрашув давомида ўқувчиларни касб-ҳунарга йўналтириш, илм олиш афзалликлари, жадид боболаримиз ва уларнинг миллат равнақи  йўлида олиб борган кураши, шунингдек бугунги ёшларнинг қизиқишлари каби мавзуларда суҳбат қурилди.

Ўқувчи-ёшлар ўзларини қизиқтирган саволларга жавоблар олишди. Учрашув ўқувчиларда катта таассурот қолдирди.

📄 My.gov.uz portalida barcha fanlardan (tegishli umumta’lim va maxsus fanlardan) bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat olish uchun imtihinda qatnashishga ariza berish xizmati joriy etildi.

📚 Ro’yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (my.gov.uz) orqali amalga oshirilmoqda.

📕 Ma’lumot o’rnida: Umumta’lim fanlarini bilish darajasiga qarab –A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.

📅 Sertifikatlar 3 yil muddatga beriladi.

❇️ Test natijalari xalqaro metodika-Rash modeli asosida hisoblanadi.

‼️ Unga asosan:⚜️ 70-balldan yuqori ball olgan talabgorga A+daraja;⚜️ 65-69.9 ball olgan talabgorga A daraja⚜️ 60-64.9 ball olgan talabgorga B+ daraja⚜️ 55-54.9- ball olgan talabgorga B daraja⚜️ 50-54.9 ball olgan talabgorga C+ daraja⚜️ 46-49.9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.Otabek Otaxano, ✍🏼 Uychi tuman Adliya bo’limi DXM yetakchi mutaxassisi

Birlashgan millatlar tashkilotiga a’zo davlatlar har 10 yilda aholini ro‘yxatdan oʻtkazishlari orqali aholi soni, yoshi, jinsi, maʼlumoti, ish joyi, millati, shuningdek, turar- joyi va yashash sharoitlari kabi savollarga javob berishi kerak boʻladi. Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish ishlari keng qamrovli tadbir boʻlib, ketma-ket xamda bir vaqtning oʻzida tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin boʻlgan bosqichlarni oʻz ichiga oladi. Birinchi bosqichda Aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy xujjatlar tayyorlanadi, roʻyxatga olish tadbiri dasturini, aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish, uning natijalarini olish va eʼlon qilishni tashkil etish uslubiyati ishlab chiqiladi, xar bir roʻyxatga oluvchilarni oʻz xududi boʻyicha xaritalar bilan taʼminlanadiXar bir xonadon raqamlanishi va koʻchalar nomlanishi amalga oshiriladi. Shuningdek, roʻyxatga oluvchilarni tanlash ham eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki maʼlumotlarning toʻgʻriligiga bevosita masʼul boʻladilar va shakllantirilgan maʼlumotlar xaqqoniy boʻlishi shart. Bu jarayonga voyaga yetgan yoshdagi va muomila layoqatiga ega boʻlgan shaxslar jalb etilishi mumkin. Birinchi navbatda, Prezident huzuridagi statistika agentligi va uning hududiy organlari xodimlari, oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va yuqori bosqich talabalari, akademik litseylar va umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari, shuningdek, boshqa toifadagi shaxslar ham, mazkur jarayonda ishtirok etishga rozi boʻlgan taqdirda, jalb qilinishi mumkin. Tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda joylarda roʻyxatga oluvchi xodimlarni oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi va zarurat tugʻilsa, ularga qoʻshimcha maslahatlar beriladi.Ikkinchi bosqichda bevosita aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish ishlari amalga oshiriladi, ya’ni aholi toʻgrisidagi maʼlumotlar yigʻiladi.Uchinchi boskichda axolini roʻyxatga olish tadbiri natijalarini eʼlon qilish va ularni tarqatish ishlari amalga oshiriladi.Aholini roʻyxatga olish tadbiri iqtisodiy jihatlari va bu tadbir bizga nima beradi?Xalqaro tajribaga asosan, aholi soni boʻyicha aniq va yaxlit maʼlumotlar aholini roʻyxatga olish asosida olinadi. Aholini roʻyxatga olish yakunlariga qarab oʻtmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin buladi.Aholini roʻyxatga olish tadbiri iqtisodiy jihatdan bizga nima beradi?Birinchidan, aholi soni, yosh tarkibi, jinsi, chet el fuqarolari va fuqarolarik bo‘lmaganlar soni, aholini yashash sharoitlari va umumiy demokrafik ko‘rsatkichlarga aniqlik kiritiladi.Ikkinchidan, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot manbai sifatida xizmat qiladi.Uchinchidan, aholi punktlarining infratuzilmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda ishlatiladi. Aholini roʻyxatga olish tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar qaysi moliyaviy manbalar hisobiga qoplanadi?

Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasiga muvofiq aholini roʻyxatga olish tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun koʻzda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi. Moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi, Iqtisodiyot va Moliya vazirligi va boshqa masʼul idoralar hisob-kitoblari asosida, shuningdek, tender savdolari va tender xujjatlarini rasmiylashtirish natijalari boʻyicha aniqlanadi.

Шундай одамларни ахтарингки, улар билан суҳбат қилмоқ яхши китоб ўқимоққа баробар бўлсин, шундай китоб ахтарингки, мутолааси файласуфлар суҳбатига тенг бўлсин.

Республика Маънавият ва маърифат маркази Уйчи туман бўлинмаси ташаббуси билан туман маданият бўлими, АКМ, мактабгача ва мактаб таълими бўлими ҳамкорлигида маърифат тарғиботчилари - туман бош имоми О.Исақовнинг “Кўнгилларни равшан этган шам” ҳамда ижодкор, “Шуҳрат” медали соҳиби М.Нишановнинг “Булбул чорбоғи” номли китобларининг тақдимоти бўлиб ўтди.

Унда нуронийлар, ижодкорлар, туман Кенгаши депутатлари ва ёшлар иштирок этдилар. Тадбирни Республика Маънавият ва маърифат маркази туман бўлинмаси бош мутахассиси Д.Абдиқахаров олиб борди. Дастлаб ўқувчилар томонидан жадидлар мероси асосида саҳна кўринишлари намойиш этилди ва китобни улуғловчи, кишиларни маърифатга чорловчи шеърлар ўқилди.

Тадбир давомида ижодкорлар - ёзувчи драматург А.Аҳмаджонов, диний идора вакиллари А.Жўраев, К.Жаъфаровлар томонидан янги китоблар ҳақида атрофлича маълумот бериб, муаллифлар ижодига илиқ фикрлар билдирилди.

Сўзга чиққан ”Нуроний” жамғармаси туман бўлими раиси Т.Исматиллаев, ижодкорлар А.Жўраев, М.Қирғизовалар дунёни фақат илм билан забт этиш мумкинлиги, илмни чуқур эгаллашнинг йўли эса китоб ўқиш эканлигини таъкидлаб, барчани китоб билан ошно бўлишга чорладилар.

Якунда китоб муаллифлари ва тадбир қатнашчиларига бўлинманинг эътирофномаси ҳамда эсдалик совғалари топширилди.

Подкатегории