Янгиликлар
угун эрта тонгдан нуронийлар жамоатчилик кенгаши аъзолари Уйчи туманидаги 1, 36-мактабларда бўлиб, ўқувчилар давомати, ўзбек миллий маданияти, жадидчилик ҳаракати намояндалари мавзусида 10-11-синфлар ўқувчилари билан суҳбатлашишди. Айниқса, “Икки тил бир касб" йўналиши бўйича ўтказилган суҳбатлар ўқувчиларда катта қизиқиш уйғотди.
“Маънавият – бу, аввало, инсонлар ўртасидаги ўзаро ишонч, ҳурмат ва эътибор, халқ ва давлат келажагини биргаликда қуриш йўлида эзгу интилишлар, ибратли фазилатдир”.
“Маънавият – жамиятдаги барча сиёсий ва ижтимоий муносабатларнинг мазмуни ва сифатини белгилайдиган пойдевордир. Бу пойдевор қанча мустаҳкам бўлса халқ ҳам, давлат ҳам шунча кучли бўлади”.
Уйчи туманидаги 16-мактабда таълим сифатини ошириш, ўқувчи-ёшлар ўртасида Ватанга муҳаббат, давлатимиз рамзларига бўлган ҳурмат ва эътибор руҳида тарбиялаш бўйича маънавий-маърифий тадбирлар самарадорлиги оширилмоқда.
Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisi, tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, uch yilga yaqin vaqt davom etadi. Ikkinchisi, asosiy bosqich bo‘lib, bunda bevosita aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi, ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va aholini ro‘yxatga olish materiallari topshiriladi. Bu taxminan ikki oy muddatni tashkil etadi. So‘nggi bosqich qariyb uch yil davom etib, olingan ma’lumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinib, natijalar e’lon qilinadi. Ro‘yxatga olish jarayonida to‘planadigan statistik ma’lumotlar yagona elektron axborotlar tizimiga kiritiladi. Ya’ni bundan bu yog‘iga qog‘ozbozlikdan voz kechib, zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga e’tibor qaratiladi. O’zbekistonning mukammal kadastr xaritasi yaratiladi Aholini ro‘yxatga olish barobarida yana bir muhim vazifani bajarish ko‘zda tutilgan. Bu hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzish bilan bog‘liq masala. Turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini o‘tab bo‘lgan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat ob’ektlarni qurish va ta’mirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, respublikaning yangi mukammal kadastr xaritasi yaratiladi. Reja aniq, vazifa mas’uliyatli Keyingi yilda mas’ul mutasaddilarni qaynoq ish jarayoni kutib turibdi. Ularni muvaffaqiyatli bajarish bilan viloyatning har bir shahari, tumanidan tortib mahallasiyu ko‘chasiga, chekka qishloq va olis ovullarigacha aloqador bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan yagona axborot bazasiga ega bo‘lamiz. Bu qimmatli ma’lumotlar esa bizga bugun, ertaga va yaqin kelajakda juda asqotadi. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilayotgan ko‘p yillik dasturlar, amalga oshirilayotgan tizimli o‘zgarishlar va belgilab olinayotgan rejalar manzil aniq bo‘lsagina, yuqori samara beradi. Demak, mazkur jarayon bilan shu choqqacha e’tibordan chetda qolib kelgan sohaga chinakam poydevor qo‘yiladi, deyish har jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi.
Aholini ro‘yxatga olish nima uchun kerak? U necha bosqichda o‘tkaziladi? Mazkur tadbir bizga nima beradi? Aholi sonini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil va e’lon qilishning yagona jarayonidir. U aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai bo‘lib, kelgusi 10-20 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi. O’z navbatida, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi. Aholi sonini ishonchli hisoblash bo‘yicha rasmiy statistika tizimida asosiy rol o‘ynaydi.
Уйчи тумани 3-сектор ҳудудидаги темирчиликка ихтисослашган Қумтепа ёшлар кичик саноат зонасида бугунги кунда кўплаб ёшларнинг бандлиги таъминланмоқда.
Тадбиркор Ибодилла Болтабоев ҳам темирчилик соҳасига ёшлигидан қизиқади. Мақсадлари йўлида тинмай изланиб, саноат зонасида фаолиятини йўлга қўйди. Бу ерда ўз цехига эга бўлди, 10 та ишчи ўрни яратди. Ҳозирда уч юз хилдан ортиқ маҳсулотлар тайёрлаб, халқимизга сифатли дарвозалар етказиб бермоқда.
Уйчи туманида 2024 йил ҳосили учун 5649 гектар майдонга чигит экиш режалаштирилган. Бугунги кунда ер текислашда 22 та, пушта олиш ишларида 34 техника ишламоқда. “Қизилровот ирригатор”, “Қашқалдоқ Беруний” СИУ ҳудудидаги “Порлоқ келажак осмони”, “Машад соҳибкори”, “Ғуломжон Эркинбой”, ”Олтин гавҳар зумрад нур”, “Аброрбек ифтихор файз”, “Зарбол Навоий” СИУ ҳудудидаги “Ҳурнисобегим”, “Илҳомжон Икромжон”, ”Тола”, ”Барногул зиё файз”, ”Қаҳрамон омад”, “Уйчи Гулистон” ММТП ҳудудидаги “Абдумалик”, “Зарнигор Гулистон файз”, “Абдурайим” фермер хўжаликларида иш намунали ташкил қилинмоқда.






