📄 My.gov.uz portalida barcha fanlardan (tegishli umumta’lim va maxsus fanlardan) bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat olish uchun imtihinda qatnashishga ariza berish xizmati joriy etildi.
📚 Ro’yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (my.gov.uz) orqali amalga oshirilmoqda.
📕 Ma’lumot o’rnida: Umumta’lim fanlarini bilish darajasiga qarab –A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.
📅 Sertifikatlar 3 yil muddatga beriladi.
❇️ Test natijalari xalqaro metodika-Rash modeli asosida hisoblanadi.
‼️ Unga asosan:⚜️ 70-balldan yuqori ball olgan talabgorga A+daraja;⚜️ 65-69.9 ball olgan talabgorga A daraja⚜️ 60-64.9 ball olgan talabgorga B+ daraja⚜️ 55-54.9- ball olgan talabgorga B daraja⚜️ 50-54.9 ball olgan talabgorga C+ daraja⚜️ 46-49.9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.Otabek Otaxano, ✍🏼 Uychi tuman Adliya bo’limi DXM yetakchi mutaxassisi






