Янгиликлар
Чет элдаги фуқаролар билан видео мулоқот орқали суҳбатлашилиб, юртга қайтариш ва шу ерда ишга жойлашиш таклифи берилди.
Мигрантлар ва уларнинг оила аъзоларига ватанга қайтиш ва ишга жойлаш, бандлигини таъминлашда уларга яратилаётган имкониятлар тушунтирилиб, кредит, доимий иш ўринлари ва ер олиш бўйича маълумотлар айтиб ўтилди.
Ўрганиш ишлари давом эттирилмоқда.
Давлатимиз раҳбари “Яшил макон” доирасидаги устувор вазифаларни белгилаб бердилар. Бу йил баҳорда лойиҳа доирасида республикамиз бўйлаб 125 миллион туп кўчат экиш белгиланган. Бундай хайрли ишда Уйчи тумани фуқаролари, ташкилот ва корхоналар ҳам фаоллик кўрсатишмоқда.
ЎзХДП туман кенгаши вакиллари “Нуроний” жамғармаси туман бўлими билан ҳамкорликда обод маҳалла - Гулзор маҳалла фуқаролар йиғини ҳудудидаги кўчаларнинг бўш жойлари ҳамда “Аллариқ” қабристонига манзарали дарахт кўчатларини ўтқазишди.
Туманда кўчат экиш ишлари давом этмоқда.
“Тоза ҳудуд” ДУК Уйчи туман бўлими бугунги кунда тумандаги 56 та МФЙдан 29 тасига хизмат кўрсатади. 16 та чиқинди ташиш техникаси ажратилган бўлиб, 40 нафар ишчи-ходим фаолият олиб боради. Ёқилғидаги узилишлар ҳамда техникаларнинг носозлиги сабабли эътирозлар кўпайган эди.
Бугун туман прокурори А.Тухтасинов бўлим фаолияти билан танишиб, ҳафтасига икки мартадан чиқиндиларни олиш, аҳолига сифатли хизмат кўрсатиш, нореал қарздорликларни бартараф этиш, маблағ ундиришни жадаллаштириш бўйича мутасаддиларга топшириқлар берди.
Учрашувда, хусусан, миграциядаги ёшларнинг ота-оналари, миграциядан қайтган ҳамда оғир тоифадаги ёшлар туман раҳбарига ўзларини қийнаётган масалалар билан мурожаат қилишди.
Мурожаатлар орасида ишга жойлашиш, ўзини ўзи банд қилиш учун ер ажратиш, субсидия асосида ускуна олиш каби масалалар ўрин олган.
Кредит олиш, иш билан таъминлаш каби масалалардаги мурожаатлар шу ернинг ўзида ҳал этилди.
Xalqaro tavsiyalarga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olish quyidagi muhim tamoyillarga asoslanadi:
- Aholini ro‘yxatga olishni boshqarishning qat’iy markazlashtirilishi ushbu tadbirni muvaffaqiyatli o‘tkazishning asosiy shartlaridan biridir.
- Aholini ro‘yxatga olishning muntazamligi. BMT tavsiyalariga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olish 10 yilda kamida bir marotaba o‘tkazilishi belgilangan.
- Aholini ro‘yxatga olish maxsus tayyorlangan mutaxassislar – hisobchilar tomonidan o‘tkazilishi. Mazkur tadbirni amalga oshirish uchun ko‘p miqdorda maxsus xodimlar yollanadi, ularning tarkibiga ziyolilar, talabalar ham kiritilishi mumkin.
- Aholini ro‘yxatga olishni aniq bir muddatda o‘tkazish. Bu tadbirni amalga oshirishga odatda 10–12 kun talab etiladi. Aholini ro‘yxatga olish bir necha kun davomida o‘tkazilsa ham, ma’lumotlar aniq bir vaqtda – ko‘pincha aholini ro‘yxatga olishning birinchi kunining 0 soatdagi holati bo‘yicha qayd etiladi. Bu aholini ro‘yxatga olishning nozik vaqti, deb ham ataladi.
Masalan, chaqaloq aholini ro‘yxatga olish davrida, ammo ana shu aniq muddatdan keyin tug‘ilgan bo‘lsa, u aholi ro‘yxatiga kiritilmaydi. Lekin, kimdir bu aniq nozik muddatda hayot bo‘lib, shundan keyin, ya’ni aholini ro‘yxatga olish davrida vafot etsa, u aholi ro‘yxatiga kiritiladi.
- Aholini ro‘yxatga olishning belgilab qo‘yilgan aniq dasturining mavjudligi va tadbirni unga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkazish. Aholini ro‘yxatga olish dasturi – ro‘yxatga olishda muayyan talablarni hisobga olgan holda, aholiga murojaat qilinadigan savollar ro‘yxatini, ma’lumotlarni qayd etish, to‘plash, qayta ishlash, yakuniy ma’lumotlarni e’lon qilish tartiblarini o‘z ichiga oladi.
- Aholining to‘liq qamrab olinishi. Aholini ro‘yxatga olishda kimdir unutib qoldirilishi yoki ikki marta ro‘yxatga olinishi hollari uchrasa ham, mavjud aholining ro‘yxatdan joy olinishini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi.
- Ma’lumotlarning maxfiyligi va shaxsiylashtirilishi. Aholini ro‘yxatga olishda individual asosda har bir shaxs to‘g‘risidagi yakka ma’lumotlar to‘planadi. Shu bilan birga, respondentlardan olingan ma’lumotlarning nomsizligi kafolatlanadi. Aholini ro‘yxatga olish varaqasidan faqat natijalarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
- Shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar so‘ralayotgan (respondent)ning javoblari (kichik yoshdagilar uchun – ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosadigan shaxslarning) asosida qayd qilinadi va buni hujjat bilan tasdiqlash talab etilmaydi.






