O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 133-moddasida muvofiq, barcha xodimlarga, shu jumladan, o‘rindoshlik bo‘yicha ishlayotgan xodimlarga ham dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi.Mehnat shartnomasi tuzgan hamda ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan har bir xodim muddati qonun hujjatlarida belgilangan yillik mehnat ta’tili olish huquqiga ega. Xodimlarning yillik mehnat ta’tili olish huquqi ish joyiga, bajaradigan mehnat vazifasiga, korxonada amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati asoslangan mulk shakliga, mehnat shartnomasi muddatiga, ish vaqti rejimiga va shu kabilarga bog‘liq emas.Yillik mehnat ta’tili olish huquqidan o‘rindoshlik asosida ishlayotganlar ham asosiy, ham o‘rindoshlik ishi bo‘yicha, kasanachilik qilayotgan xodimlar, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan shaxslar, mahalliy mehnat organlari tomonidan korxonalarga jamoat ishlarini bajarish uchun belgilab qo‘yilgan minimal ish joylari miqdori hisobidan yuborilgan xodimlar hamda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan boshqa shaxslar, shuningdek axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar umumiy asoslarda foydalanadilar.Mehnat kodeksining 139-moddasida kalendar bo‘yicha xodimning ta’tilda bo‘lishi muddatini hisoblab chiqarishning umumiy qoidasi belgilanganbo`lb, ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi. Ta’til davriga ish kunlari deb hisoblanmaydigan bayram kunlari to‘g‘ri kelib qolsa, ta’til muddatini hisoblashda bu bayram kunlari hisobga olinmaydi. Bunday tartib ham besh kunlik, ham olti kunlik ish haftasi rejimida ta’tillarning bir xil muddatli bo‘lishini ta’minlaydi. Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar yillik asosiy ta’tilga, shu jumladan uzaytirilgan ta’tillarga ham qo‘shib jamlanadi.Qonun hujjatlari bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning umumiy muddati 48 ish kunidan oshib ketmasligi kerak. Ta’tillar muddatini ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda ularning muddati har bir to‘liq ta’til yili bilan aniqlanadi. Bunda 15 kalendar kunga teng va undan ko‘p bo‘lgan kunlar bir oy deb olinadi, 15 kalendar kundan kami esa chiqarib tashlanadi.Mehnat kodeksining 134-moddasiga asosan yillik asosiy ta’tilning muddati kamida 15 ish kunidan iborat qilib belgilangan.Ayrim toifadagi xodimlarga ularning yoshi, sog‘lig‘ini hisobga olib, yillik uzaytirilgan ta’tillar, xususan, 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga - 30 kalendar kun; ishlayotgan I va II guruh nogirnlariga - 30 kalendar kun ta’til beriladi.

Shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq, ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning mehnat vazifalarining o‘ziga xos jihatlari va xususiyatlari hamda boshqa holatlarni e’tiborga olib yillik uzaytirilgan ta’tillar belgilangan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida” (yangi tahrirda) 2001 yil 29 avgustdagi qonuniga muvofiq, prokuratura organlari xodimlariga muddati 30 kalendar kundan iborat yillik ta’til beriladi.Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun olti oy ishlagandan keyin beriladi. Ish yili mehnat shartnomasiga binoan ish belgilangan kundan e’tiboran hisoblanadi.Yillik asosiy ta’til ikki va undan keyingi ish yillari uchun ta’tillar jadvaliga muvofiq ish yilining istalgan vaqtida beriladi (MKning 143-moddasi). Yillik ta’tillarni berish navbati kalendar yil boshlangunga qadar jadvalga muvofiq belgilanadi. Jadval yarim yil tugagandan keyin shu davrda ishga yangi qabul qilingan xodimlarni hisobga olib to‘ldiriladi. Ta’tillar jadvali ish beruvchi tomonidan kasabalar uyushmasi qumitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishi tasdiqlanadi.Qonunchilikda ta’tilni qismlarga bo‘lishga ham yo‘l qo‘yiladi. Xodimnin xohishiga ko‘ra, uning yozma arizasiga asosan ta’tilni qismlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda ta’tilning foydalaniladigan bir qismi 12 ish kunidan kam bo‘lmasligi lozim.Ta’tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi shu ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki keyingi ish yilining ta’tiliga qo‘shib berilishi kerak.Yillik ta’tillar davri uchun xodimga o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lash kafolatlanadi. Ta’til haqi jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin ta’til boshlanmasdan oldingi oxirgi ish kunidan kechiktirmay to‘lanadi.

Sh.Dadaboyev,Uychi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Uychi tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari tomonidan joylarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarnig oldini olish bo'yicha profilaktik targ'ibot-tushuntirish ishlari davom etmoqda.

Olmurut mahallasiga xizmat ko'rsatuvchi profilaktika inspektori leytenant D.Saydukkayev tomonidan "xonadonbay" tizimi asosida fuqarolarning turmush tarzi, ijtimoiy ahvoli organilib, aholining huquqiy savodxonligini oshirishga doir profilaktik targ‘ibotlar olib borilmoqda.

Shuningdek, fuqarolarni firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik bo`yicha profilaktik-ogohlantiruv tadbirlari davom etmoqda.

Уйчи тумани деҳқонлари жорий йилда жами 5869 гектар майдонда ғўза парваришлашди. Мақсад 23769 тонна пахта етиштириб, 45 центердан ҳосил олиш.

"Uchkurgan textile" МЧЖ Уйчи пахта тозалаш заводида дастлабки пахта ҳосили қабул қилинди. Мавсум бошланиши муносабати билан ўтказилган тадбирда туман ҳокими Шуҳрат Мусаев, сектор раҳбарлари иштирок этишди ва биринчи ҳосил келтирган фермер хўжаликларига эсдалик совғаларини топширишди.

Шу куни бир бош жонлиқ сўйилиб, меҳнат фахрийлари мавсумни беталафот ўтказиш, улкан ҳосил хирмони яратилишини тилаб, дуолар қилишди.

Кунлар совиши билан, албатта, айни шу савол тез-тез қулоққа чалинади. Бу йилги қиш мавсуми ҳам яқинлашмоқда. Демак, қиш ғамини ҳозирдан ейиш ва пухта тайёргарлик зарур бўлади.

Уйчи тумани ҳокими Шуҳрат Мусаев бугун “Бек кон таъминоти” МЧЖда бўлди ва бу ердаги имкониятлар билан танишди. Маълумки, мазкур жамият туманимиз аҳолисини кўмир маҳсулотларига бўлган талабини қондириб келади. Жорий йилда аҳолига 10 минг тонна кўмир тарқатилиши, 25 минг тоннадан ортиқ экспорт қилиниши режалаштирилган. Айни вақтда омборда 3 минг тонна захира мавжуд.

Уйчи туман ногиронлар жамияти вакиллари вилоят Адлия бошқармаси билан ҳамкорлигида ўтказилган "Биз биргамиз"лойиҳасида иштирок этдилар. Бу ерда имконияти чекланган болажонлар ва катталар қўл меҳати билан яратилган маҳсулотлар кўргазмаси бўлди.

Туман ногиронлар жамиятининг собиқ раиси Раънохон Жунаева хонадонида хотирлаш тадбири ўтказилди.

Машад МФЙда болаликдан 2-гуруҳ ногирони Муслимбекнинг никоҳ тўйида қатнашиб, кўнгли ўксик қалбларга бир олам қувонч улашдик.

Подкатегории