Уйчи туман "Баркамол авлод" болалар мактабида 7 йўналишда 46 хил тўгарак мавжуд бўлиб, 14000 нафар ўқувчи-ёш қамраб олинган. Туман мактабларидан ўзлари қизиққан ўқувчилар ҳунарлар бўйича сабоқ оладилар.

19 сентябрь куни Уйчи туман Баркамол авлод болалар мактаби томонидан 2022-2023 ўқув йилининг бошланиши муносабати билан "Имконимсан, Баркамол авлод" шиори остида "Очиқ эшиклар" куни ва тўгараклар ярмаркаси" бўлиб ўтди.

Тадбирга вилоят болалар кутубхонаси бўлим мудирлари Д.Қўчқорова, Н.Долиева, Уйчи туман ҳокимлиги ахборот хизмати раҳбари М. Қамбаровлар ташриф буюришди. Унда тўгараклар ҳақида маълумотлар берилди, турли хил чиқишлар намойиш этилди.Бундай тадбирларни ташкил этишдан мақсад ўқувчилар қамровини янада ошириш.

Уйчи туман "Баркамол авлод" болалар мактаби ахборот хизмати.

Asosiy lavozim bilan bir vaqtda boshqa maoshli lavozimni egallab turish, shuningdek, asosiy ishdan tashqari haq to’lanadigan boshqa ishni muntazam bajarish- O’RINDOSHLIK hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga ko’ra, O’rindoshlik bo’yicha ishga qabul qilish mehnat shartnomasi tuzish va ishga qabul qilish haqida buyruq chiqarish yo’li bilan rasmiylashtiriladi. O’rindoshlik bo’yicha ishga kirayotgan shaxsdan u ishlab turgan korxona tomonidan ruxsat berilishi, mehnat daftarchasi talab etilmaydi, uning o’rniga doimiy ish joyidan ma’lumotnoma taqdim etilishi lozim. Xodimning iltimosi bilan uning doimiy ish joyida O’rindoshlik bo’yicha ishlayotgani haqida daftarchasiga yozuv kiritilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining MK, 100-modda, 2-qism, 5-bandiga muvofiq o’rindoshlik bo’yicha ishlayotgan shaxs o’rniga doimiy xodim ishga qabul qilinishi munosabati bilan ishdan bo’shatilishi mumkin.

O’rindoshlik bo’yicha ishlayotgan shaxsning ish vaqti 1 kunda 4 soatdan ko’p bo’lishi mumkin emas O’rindoshning ish vaqti jami oylik ish vaqti normasining yarmidan ko’payib ketishiga yo’l qo’yilmaydi. Faqat bitta joyda O’rindoshlik asosida ishlash mumkin. O’rindoshlik bo’yicha ishlayotgan shaxs umumiy asoslarda yillik mehnat ta’tilidan foydalanadi va unga asosiy ish joyidagi ta’til bilan bir vaqtda ta’til berilishi lozim. Ta’til vaqti uchun o’rindosh xodimning ish joyi lavozimi hamda o’rtacha ish haqi saqlanadi. Bir paytning o’zida ikki rahbarlik lavozimida O’rindoshlik bo’yicha ishlash mumkin emas. O’rindosh xodimga amalda bajargan ish hajmiga ko’ra agar ishbay ishlasa yoki ishlagan va ishiga mutanosib holda ish haqi to’lanadi. Korxonada belgilangan mukofot va boshqalar ustama haqlar jamoa shartnomasida belgilab qo’yilgani bo’yicha o’rindosh xodimga ham to’lanishi, unga korxona xodimlari uchun belgilangan boshqa imtiyozlar berilishi, kafolatli to’lovlar to’lanishi mumkin. Ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, san’at va boshqalar ayrim soha mutaxassislarining ba’zi toifalariga bir necha muassasada O’rindoshlik bo’yicha ishlashiga ruxsat etiladi. 18 yoshga to’lmagan xodimlarning O’rindoshlik bo’yicha ishlashiga ruxsat etilmaydi. Shuningdek, ishining xususiyati (intensivligi, xatarlilik darajasi va boshqalar) hisobga olingani holda ayrim toifa xodimlarning O’rindoshlik bo’yicha ishlashi korxona ish beruvchisi tomonidan xodimlar vakillik organi bilan kelishilgan holda cheklab qo’yilishi mumkin. Davlat xizmatchilarining ayrim toifalari masalan, prokuratura, davlat soliq xizmati organlari xodimlari, sudyalar, notariuslar, bank boshqaruvchilari uchun O’rindoshlik bo’yicha ishlash qonun hujjatlari bilan taqiqlanadi. 

 

Uychi yuridik xizmat ko`rsatish

markazi bosh yuristkonsulti:                                                         Z.Sultonova

“Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga ayrim yordam turlari ko‘rsatiladi.

Jumladan, moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam (1,2 mln so‘mgacha) beriladi;

yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi (bir oygacha BHM 4, bir oydan ikki oygacha BHM 8, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun BHM 12 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi) qoplab beriladi;

tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlarga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq 7,5 mln so‘mgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi;

Respublikadagi professional ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan, shuningdek, O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlari bir qismi qoplab beriladi;

Yoshlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkilotining 3 oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun 15 mln so‘mgacha miqdorda qoplab beriladi.

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

 bosh yuristkonsulti:                                                                       I.Rahimov

Уйчи туман адлия бўлими томонидан жорий йилнинг 15 сентябрь куни туман марказидан узоқ бўлган 1-сектор ҳудудидаги замонавий, янги барпо этилган 46-сонли умумтаълим мактабида Янгиер маҳалла фуқаролар йиғини аҳолисининг мавжуд ҳуқуқий муаммолари ечимини топиш бўйича уларга ҳуқуқий маслаҳатлар бериш мақсадида сайёр қабул ўтказилди.

Маҳалла ва нуронийларни қўллаб-қувватлаш вилоят бошқармаси бошлиғи А.Алоходжаев, туман ҳокими Шуҳрат Мусаев фермер хўжаликларида бўлиб, йиғим-теримни ташкил этилиши, пахтакорларга яратилган шарт-шароитлар билан танишишди.

Подкатегории