Янгиликлар
KORXONA, TASHKILOT RAHBARLARI, HISOBCHILARI DIQQATIGA!
Yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari (tijorat, kichik korxona va mikrofirmalari, xususiy uy-joy egalari shirkatlari va nodavlat notijorat tashkilotlaridan tashqari) 4-mehnat shakli (choraklik) statistik hisobotini hisobot davridan keyingi oyning 6- sanasidan kechiktirmay internet tarmog‘i vositasida, davlat statistika hisobotlarini elektron ko‘rinishda yig‘ish avtomatlashtirilgan tizimi Hisobot.stat.uz veb sayti orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim taqdim etishingiz so‘raladi.
KORXONA, TASHKILOT RAHBARLARI, HISOBCHILARI DIQQATIGA!
Xalq ta’limi vazirligining umumta’lim muassasalari, boshqa idoralarning umumta’lim muassasalari, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, litsenziya asosida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar davlat statistika organlariga 1-umumta’lim shakli (yillik) statistik hisobotini joriy yilning 4-oktabr sanasidan kechiktirmay internet tarmog‘i vositasida, davlat statistika hisobotlarini elektron ko‘rinishda yig‘ish avtomatlashtirilgan tizimi hisobot.stat.uz veb sayti orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz so‘raladi.
Uychi tuman statistika bo‘limi tel: 69-48-21-545
5 -umumiy o'rta ta'lim maktabida Yoshlar agentligi bilan hamkorlikda "5 tashabbus olimpiadasi"ga start berildi. Yoshlar o'rtasida shahmat- shashka musoboqasi bilan boshlangan bu olimpiada hafta davomida sportning basketbol turi bo'yicha qizlar va yigitlar o'rtasida,turnikda tortinish hamda kitobhonlik yo'nalishlarida onlayn tanlovlar o'tkazildi.Bu haftadagi musobаqalar bahs , munozarali kechdi.Yoshlarimiz bu tanlovlardan zavqlanmoqdalar.Kelgusi haftada keyingi yo'nalishdagi tanlovlarni o'quvchilar zo'r ishtiyoq.bilan kutmoqdalar.Bu tanlovlarda g'olib chiqgan yoshlarimiz sektor bosqichlariga qatnashishni qo'lga kiritmoqdalar.
'M.Nuriddinova,MMIBDO'.
Уйчи тумани ИИБ ЖХХ ҲПБ ходимлари томонидан аҳоли гавжум жойларда, маҳаллаларда фирибгарлик қурбонига айланиб қолмаслик, ўғрилик, автомашинани қаровсиз қолдирмаслик, шунингдек, фуқаролар ўртасида турли низоли келишмовчиликлар замиридаги жанжаллар натижасида юзага келадиган ўткир тиғли жисмлар ёрдамида тан жароҳати етказиш жиноятларини олдини олиш борасида кенг қамровли тарғибот тадбирлари ўтказилмоқда.
Фуқароларга фирибгарлик қурбонига айланиб қолмаслик юзасидан ҳуқуқий тушунча бериш баробарида, буклетлар тарқатилиб, кенг оммага ушбу турдаги жиноят ҳақида тушунчалар берилмоқда.
"Авто ихлос" мактабининг биринчи қаватида тадбиркор Исломжон Усмонжонов томонидан тикувчилик цехи иш бошлади. Бунинг натижасида 10 та янги иш ўрни яратилди.
-Тикув цехимизда паркўрпа, ёстиқ сумка, ғилоф тикамиз, даромад ҳам шунга яраша, ҳоким ёрдамчисини кўмаги билан фаолиятни янада кенгайтириб, иш ўринларини 50 тага етказишни ният қилганмиз,- дейди Исломжон.
Янги иш ўринларини ташкил этиш - аҳолини барқарор даромад манбаи билан таъминлашга хизмат қилади. Бу эса иқтисодиётимиз тараққиёти, юртимиз равнақи, халқимиз фаровонлигини таъминлашга муносиб ҳисса бўлиб қўшилади.
XTBga qarashli barcha maktab direktorlari, ta'limga mas'ul rahbar xodimlar ishtirokida ta'lim tizimining tanqidiy va tahliliy yig'ilishi o'tkazildi.
Unda maktablardan OTMga kirish bo‘yicha ko'rsatkichi qoniqarsiz bo‘lgan maktablar, ta'limga yo'nalmagan o'quvchi yoshlar taqdiri, ularni ish bilan band etish, ta'lim sifati, halollik, adolatlik bo'lish haqida fikr yuritildi.






