KORXONA, TASHKILOT RAHBARLARI, HISOBCHILARI DIQQATIGA!
Yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari (tijorat, kichik korxona va mikrofirmalari, xususiy uy-joy egalari shirkatlari va nodavlat notijorat tashkilotlaridan tashqari) 4-mehnat shakli (choraklik) statistik hisobotini hisobot davridan keyingi oyning 6- sanasidan kechiktirmay internet tarmog‘i vositasida, davlat statistika hisobotlarini elektron ko‘rinishda yig‘ish avtomatlashtirilgan tizimi Hisobot.stat.uz veb sayti orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim taqdim etishingiz so‘raladi.
KORXONA, TASHKILOT RAHBARLARI, HISOBCHILARI DIQQATIGA!
Xalq ta’limi vazirligining umumta’lim muassasalari, boshqa idoralarning umumta’lim muassasalari, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, litsenziya asosida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar davlat statistika organlariga 1-umumta’lim shakli (yillik) statistik hisobotini joriy yilning 4-oktabr sanasidan kechiktirmay internet tarmog‘i vositasida, davlat statistika hisobotlarini elektron ko‘rinishda yig‘ish avtomatlashtirilgan tizimi hisobot.stat.uz veb sayti orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz so‘raladi.
Uychi tuman statistika bo‘limi tel: 69-48-21-545






