Янгиликлар
СИЗНИ СЕКТОР РАҲБАРЛАРИ ЭШИТАДИ
Сизни муаммолар қийнамоқдами? Мурожаатларингизга ечим топа олмаяпсизми?
4 февраль куни Уйчи туман маданият марказида бўлиб ўтадиган “Сайёр қабул”да сектор раҳбарлари ва мутасадди ташкилотлар масъуллари билан юзма-юз мулоқотда бўлиб, саволларингизга жавоб олишингиз мумкин.
Қабул соат 09:00 дан бошланади.
Deklaratsiya – jismoniy shaxsning yil davomida olgan daromadlari va ushlangan soliq miqdori haqidagi hujjat bo‘lib, yashash joyidagi soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi.O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 393-moddasiga asosan:Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi:mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa;O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya, agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi bo‘yicha ushlab qolingan bo‘lsa taqdim qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan daromadlar mustasno.O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yoki joriy yilning 1-apreligacha rezidentga aylangan chet el jismoniy shaxsi, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalaridan qat’i nazar, ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadi.D.Temirov,Uychi tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Jismoniy shaxslar quyosh panellarini o‘rnatganligi uchun mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilinganJismoniy shaxslar 3 yil muddatga turar joy obyektlari boʻyicha mol-mulk va yer soligʻidan ozod qilinadilar, agarda:▪️ umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanadigan energiya manbalarini oʻrnatganda;▪️ Bunda imtiyoz miqdori mol-mulk soligʻi bo‘yicha 2 BHM dan yer soligʻi bo‘yicha 1 BHM dan oshmasligi kerak. (16.02.2023-yildagi № PQ-57) Imtiyozlardan foydalanish uchun hududiy soliq organlariga qayta tiklanadigan energiya manbalarini oʻrnatish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim etish kerak.Hozirda ushbu oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritilish bosqichida.Sh.Dadaboyev,Uychi tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Наманган вилояти филиали ташаббуси билан шаҳар ва туманлар ҳокимликлари аппарати, кадр тузилмалари ходимлари, юристлар, ташкилотлар раҳбарлари ҳамда ҳоким ёрдамчилари учун ўқув-семинарлар ташкил этилмоқда.
Бугун худди шундай ўқув-семинари Уйчи тумани ҳокимлигида ташкил этилди.
Ўқув-семинарда мутахассислар томонидан вакант лавозимлар бўйича очиқ танловларни ўтказиш, номзодларни малака талаблари бўйича саралашда шаффофликни таъминлаш, танлов якунлари бўйича ҳужжатларни тўғри расмийлаштириш юзасидан тушунчалар берилди.
Шунингдек, қонун ҳужжатлари талаблари асосида Одоб-ахлоқ комиссияси фаолиятини юритиш тартибининг ҳуқуқий механизмлари, комиссия йиғилишини ташкил этиш, унда масалаларни кўриб чиқиш, ҳужжатларни расмийлаштириш билан боғлиқ барча жараёнлар амалий мисоллар билан тушунтирилди.

Уйчи туман ҳокимлигида “Камбағалликдан фаровонлик сари” дастури асосида амалга оширилаётган ишлар таҳлил этилди ва келгусидаги вазифалар белгилаб берилди.
“Нуроний” жамғармаси туман бўлими раиси Т.Исматиллаев шу кунларда таваллуд айёмини нишонлаётган фаол фахрийлардан уч нафарига Ўзбекистон "Нуроний" жамғармаси бошқаруви раиси, сенатор, Ўзбекистон Қаҳрамони С.Турдиевнинг "Табрикномаси" ҳамда жамғарма туман бўлимининг эсдалик совғаларини топширди.






