Жорий йилнинг июнь ойида 23 ёшлилар ўртасида футбол бўйича Осиё чемпионати бўлиб ўтади. Ўйинлар олдидан машғулотлар туманимиздаги "Пахтакор" стадионида ҳам бўлиши режалаштирилган. Шу боис стадион ва унинг атрофида кенг кўламда ободонлаштириш ишлари бошлаб юборилди.

Туман ҳокими Шуҳрат Мусаев бугун стадионни чемпионатга тайёрлаш бўйича қилинаётган ишлар билан танишди ва мутасаддиларга тегишли топшириқларни берди.

Uychi tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2022- yil 19- yanvardagi PQ–92-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida besh bosqishli “Besh tashabbus olimpiyadasi” doirasida yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sportning STREET WORKOUT turi bo‘yicha tuman bosqichi o’tkazildi. G’olib ishtirokchilarga Uychi tuman Yoshlar ishlari agentligi bo’limi tomonidan estalik sovg’alari topshirildi.

Пилла деҳқончиликнинг ҳандалаги ҳисобланади. Жорий йилда Уйчи тумани пиллакорлари 3349 қути ипақ қурти парваришлаб, 190 тоннадан ортиқ ҳосил олишни режалаштиришган.

Айни вақтда пилла териш ва топшириш давом этмоқда.

Бугун туман ҳокими Шуҳрат Мусаев пиллачиликка масъул мутасаддилар, агрономлар билан мулоқотда бўлиб, мавсумни муваффақиятли якунлар бўйича галдаги вазифаларни белгилаб берди.

Aholini dastlabki ro‘yxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda o‘tkazilgan. Lekin, bu aholi ro‘yxatlarining maqsadi aholidan soliq yig‘ish, ya’ni boj olish hamda harbiy maqsad uchun aholi sonini aniqlash bo‘lgan. Shuning uchun ham, bu aholi ro‘yxatlarida asosan erkaklar ro‘yxatga olingan. Chunki, u paytlarda erkaklarning iqtisodiy o‘rni yuqori bo‘lgan, soliq to‘lashda faqat erkaklar, ya’ni oila boshliqlari qatnashgan.

Aholini eng birinchi rasmiy ro‘yxatga olish 1790 yilda AQShda, keyinchalik 1800 yilda Shvetsiya va Finlyandiyada, 1801 yilda – Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada o‘tkazilgan. Ammo, bu aholi ro‘yxatlari juda oddiy shaklda hamda uzoq muddatga cho‘zilgan. Masalan, birinchi AQShda aholini ro‘yxatga olish ishlari 18 oy davomida olib borilgan.

XIX asrga kelib, aholini ro‘yxatga olish juda kengaydi.Qator Evropa mamlakatlarida statistika tashkilotlari tuzildi. Aholini ro‘yxatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borilishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 1870-1879 yillarda dunyoning 48 ta, 1890 yillarda esa 57 ta davlatida aholi ro‘yxati o‘tkazilgan. XIX asr oxirida dunyo aholisining 21 foizi ro‘yxatga olingan bo‘lsa, XX asr boshida 54 foiz aholi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o‘rganishda mamlakat hududida o‘tkazilgan aholi ro‘yxati ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda keltirilishicha, O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxati 1897 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxat ma’lumotlari XIX asr oxirida O‘zbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlar haqida tassavvur hosil qilishga yordam bergan. O‘zbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlari tashkil etilgan.

Уйчи туманидаги 23-мактабнинг 6-"Б" синф ўқувчиси Жасурбек Сатторов   жет кун до йўналиши бўйича Тошкент шаҳрида ўтказилган Осиё чемпионатида 1-ўринни эгаллаб, Осиё чемпиони бўлди. Бу ютуқда  устозлари Исроил Эргашев, Ойбек Отахоновларнинг хизмати катта.

Подкатегории