Президентимизнинг  ПФ-82- сонли Фармонига асосан ҳар ҳафтанинг жума куни «Меҳр ва саховат куни» сифатида белгиланиб, барча давлат органлари, ташкилотлари эҳтиёжманд аҳоли, ногиронлиги бўлган шахслар ҳамда ёлғиз кексалар ҳолидан хабар олиши, уларга ғамхўрлик қилиши ҳамда хайрия тадбирларини ўтказиши белгиланган.

Бугун Уйчи туманида «Меҳр ва саховат куни» муносабати билан якка тартибда таълим олаётган 5 нафар ўқувчи билан учрашилиб, уларнинг ҳолидан хабар олинди, қизиқишлари ўрганилди.

GULZOR VA HURRIYAT mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari "Obod mahalla", "Obod ko‘cha", "Obod xonadon" mezonlari asosida tez kunlarda aholi ixtiyoriga topshiriladi.

Bugun mazkur mahallalarda olib borilayotgan ishlar bilan tuman hokimi Sh.Musayev yaqindan tanishdi. Mavjid kamchiliklar bo‘yicha tumandagi tashkilot rahbari va quruvchilarga ko‘rsatmalar berdi.

Hukumat qarori (395-son, 21.07.2022-y.) bilan Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga ko’ra:

🔰 Taʼlim tashkilotini tamomlagan, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz (https://my.gov.uz/uz/service/642)) orqali murojaat qilishlari mumkin.

✅ Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.

📝 Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron toʻldiradi.

⏩ Ariza beruvchi soʻrovnomani YAIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

💰Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

❗️Yigʻimni toʻlamaslik xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

⏳Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.

📋 Soʻrovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.

🏢Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.

⚠️ Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun toʻlovlarni ariza beruvchi toʻlaydi.Dilbarhon Mirzayeva, Uychi tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.

📃 So‘nggi yillarda mamlakatimizda avtomototransport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ular bilan bog‘liq notarial harakatlarni raqamlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani rasmiylashtirish bo‘yicha eskirgan tartib saqlanib qolinayotganligi aholining ortiqcha ovoragarchiligiga sabab bo‘lmoqda. Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani rasmiylashtirish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni raqamlashtirish orqali aholi va tadbirkorlik suyektlariga yanada qulayliklar yaratildi. Ishonchnomani elektron tartibda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali rasmiylashtirishi mumkin. Ishonchnoma ariza beruvchining xohishiga ko‘ra bir oy, olti oy va uch yilgacha muddatga berilishi mumkin.To‘lov amalga oshirilgach, ishonchnoma real vaqt rejimida YIDXP orqali 24/7 rejimida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda rasmiylashtiriladi. Avtomototransport vositasiga ishonchnoma ariza beruvchi tomonidan YIDXPdan foydalangan holda, o‘zining va ishonchnoma berilayotgan shaxs(lar)ning biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JShShIR) ma’lumotlarini kiritish orqali mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi.Ariza beruvchi so‘rovnomada ko‘rsatilgan avtomototransport vositasining mulkdori bo‘lmasa, ishonchnoma rasmiylashtirilmaydi.Bunda ishonchnomaga kiritiladigan shaxslar soniga cheklov o‘rnatilmaydi.Ishonchnomani rasmiylashtirish quyidagi holatlarda rad etiladi:ariza beruvchi va ishonchnoma berilayotgan shaxs ayni bir shaxs bo‘lganda;so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlar ularni taqdim etishga vakolatli organlarning axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshirilib, tasdiqlanmagan taqdirda.So‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi vakolatli organlarning axborot tizimlari vositasida tasdiqlangach, ariza beruvchiga elektron to‘lov varaqasi (invoys) shakllantiriladi.Ariza beruvchining aybi bilan ishonchnoma noto‘g‘ri rasmiylashtirilganda yoki unga kiritilgan shaxs(lar) to‘g‘risida ma’lumotlarda xatolik mavjud bo‘lgan taqdirda to‘langan davlat boji qaytarilmaydi.I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat bojini to‘lashda 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi.QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ishonchnoma real vaqt rejimida ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga va u haqdagi ma’lumotlar “Notarius” AAT orqali Ichki ishlar vazirligining “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi”ga elektron shaklda yuboriladi.Elektron shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda rasmiylashtirilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan bir xil yuridik kuchga egadir.Berilgan ishonchnomalar haqidagi ma’lumot “Notarius” AATda ularning turi bo‘yicha alohida yuritiladigan reyestrga avtomatik ravishda kiritiladi va reyestr shakllantirib boriladi.📝 Ishonchnomaning amal qilish muddati uzaytirilmaydi va muddati tugagandan so‘ng ariza beruvchining xohishiga ko‘ra yangidan rasmiylashtirilishi mumkin.M.Shoqalamov, Uychi tuman adliya bo’limiDavlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.

Уйчи туманида куз-киш мавсумига тайёргарлик, маҳаллаларда мавжуд камчиликларни бартараф этиш бўйича ишчи гуруҳ фаолиятини давом эттирмоқда.

Эрталабки йўриқномада секторлар кесимида кунлик олиб борилган иш натижалари кўриб чиқилиб, таҳлил қилинди ва галдаги вазифалар белгилаб берилди. Кўп қаватли уйлар, мактабгача ва мактаб таълими муассасаларида жараёнларни жадаллаштириш зарурлиги таъкидланди.

Подкатегории