📃 So‘nggi yillarda mamlakatimizda avtomototransport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ular bilan bog‘liq notarial harakatlarni raqamlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani rasmiylashtirish bo‘yicha eskirgan tartib saqlanib qolinayotganligi aholining ortiqcha ovoragarchiligiga sabab bo‘lmoqda. Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani rasmiylashtirish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni raqamlashtirish orqali aholi va tadbirkorlik suyektlariga yanada qulayliklar yaratildi. Ishonchnomani elektron tartibda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali rasmiylashtirishi mumkin. Ishonchnoma ariza beruvchining xohishiga ko‘ra bir oy, olti oy va uch yilgacha muddatga berilishi mumkin.To‘lov amalga oshirilgach, ishonchnoma real vaqt rejimida YIDXP orqali 24/7 rejimida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda rasmiylashtiriladi. Avtomototransport vositasiga ishonchnoma ariza beruvchi tomonidan YIDXPdan foydalangan holda, o‘zining va ishonchnoma berilayotgan shaxs(lar)ning biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JShShIR) ma’lumotlarini kiritish orqali mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi.Ariza beruvchi so‘rovnomada ko‘rsatilgan avtomototransport vositasining mulkdori bo‘lmasa, ishonchnoma rasmiylashtirilmaydi.Bunda ishonchnomaga kiritiladigan shaxslar soniga cheklov o‘rnatilmaydi.Ishonchnomani rasmiylashtirish quyidagi holatlarda rad etiladi:ariza beruvchi va ishonchnoma berilayotgan shaxs ayni bir shaxs bo‘lganda;so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlar ularni taqdim etishga vakolatli organlarning axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshirilib, tasdiqlanmagan taqdirda.So‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi vakolatli organlarning axborot tizimlari vositasida tasdiqlangach, ariza beruvchiga elektron to‘lov varaqasi (invoys) shakllantiriladi.Ariza beruvchining aybi bilan ishonchnoma noto‘g‘ri rasmiylashtirilganda yoki unga kiritilgan shaxs(lar) to‘g‘risida ma’lumotlarda xatolik mavjud bo‘lgan taqdirda to‘langan davlat boji qaytarilmaydi.I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat bojini to‘lashda 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi.QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ishonchnoma real vaqt rejimida ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga va u haqdagi ma’lumotlar “Notarius” AAT orqali Ichki ishlar vazirligining “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi”ga elektron shaklda yuboriladi.Elektron shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda rasmiylashtirilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan bir xil yuridik kuchga egadir.Berilgan ishonchnomalar haqidagi ma’lumot “Notarius” AATda ularning turi bo‘yicha alohida yuritiladigan reyestrga avtomatik ravishda kiritiladi va reyestr shakllantirib boriladi.📝 Ishonchnomaning amal qilish muddati uzaytirilmaydi va muddati tugagandan so‘ng ariza beruvchining xohishiga ko‘ra yangidan rasmiylashtirilishi mumkin.M.Shoqalamov, Uychi tuman adliya bo’limiDavlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.