Bugungi kunga kelib mamlakatimizda bir qator islohotlar amalga oshirib kelinayotganligi barchamizga birdek ma`lum. Shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo`yicha fuqarolarga keng qulayliklar yaratish maqsadida bir qator yangiliklar yaratilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoniga muvofiq, aholiga fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini yanada oson va qulay shart-sharoitlarda ko‘rsatish, tug‘ilganlik holatlarini esa o‘z vaqtida qayd etish, nikoh tuzish va nikohdan ajralganlik holatlarini qayd etishda ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlari o‘rtasida korrupsiyaviy holatlarni va ayniqsa, undagi navbatlarni bartaraf etish, qolaversa, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartiblarini yanada takomillashtirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 540-sonli FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH TARTIBLARINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAgi qarori2022 yil 28 sentabr kuni qabul qilindi.Ushbu qraor mohiyatidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki 2023 yil 01 yanvardan boshlab Toshkent shahri hududida tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd etish tartibi yo`lga qo`yiladi hamda bu amaliyot 2023-yil 1-iyundan boshlab butun respublika hududi bo`yicha joriy etilishi ma`lum qilindi. Buning natijasi o`laroq tug`ilishni qayd etish jarayonlari yanada soddalashadi fuqarolarga birmuncha ovvoragarchiliklar oldi olinadi asosiysi tug`ilishi rasmiylashtirish tibbiyot muassasi o`zining electron tizimiga onaning tuqqanligi haqidagi ma`lumotni kiritishi bilan FHDY bo`limlarining electron tizimida ushbu ma`lumotlar darhol shakllanadi va ma`lumotlar to`g`riligi tekshirilib tug`ilish dalolatnoma yozuvi qayd etiladi. Qolaversa,tug‘ilganlik holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma beriladi va ushbu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.Tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan belgilangan miqdordagi gerb yig‘imi undirilgan holda rasmiylashtirib beriladi.Nigoraxon Dosbayeva,Uychi tuman Adliya bo`limining FHDY bo`limi mudiri






