Nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali arizalarni qabul qilish tartibi Xozirgi kunda fuqarolar nikoh tuzish va nikohdan ajratish masalasida tuman va shahar FHDY bo`limlariga murojat qilishmoqda. Ularga qulaylik yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-son yani Nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun davlat xizmatlari markazlari orqali arizalar qabul qilish tartibi to‘g‘risida qarori qabul qilindi .Ushbu qaror bo`yicha nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun arizalarni Sirdaryo viloyatining tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish bo`yicha 2022 yilning 1-noyabr kunidan boshlab huquqiy eksperiment o‘tkaziladi. Huquqiy eksperiment 2022-yil 1-noyabrdan 2023-yil 1-iyulgacha qadar amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘tkazilgan huquqiy eksperiment natijalari bo‘yicha ushbu davlat xizmatlarini davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, Respublikaning barcha hududiga tadbiq etiladi. Bunda bo`lajak kelin-kuyov o`zlarining shaxsini tasdiqlovchu hujjatlari bilan istalgan davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilioshlari mumkin. Nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu to‘g‘rida Markaz orqali murojaat etgan kundan keyin bir oy o‘tgach ularning so‘rovnomasida ko‘rsatilgan joydagi FHDY organi tomonidan qayd etiladi.Bunda, nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar Markazga o‘zlari kelib murojaat etadi va Markaz xodimi nikohlanuvchi shaxslar nomidan so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi. Belgilangan namunadagi so‘rovnoma nikohlanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (fuqarolik pasporti, xorijga chiqish pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki harbiy bileti) asosida to‘ldiriladi va barcha savollarga aniq va to‘liq javoblar berilishi kerak.So‘rovnomada nikohlanuvchi shaxslar tomonidan nikohni qayd etish joyi va tartibi (FHDY organi binosida, jumladan tantanali ravishda yoki joyiga borgan holda qayd qilish) ko‘rsatiladi. Nikohlanuvchi shaxslar so‘rovnoma berilgan vaqtdan boshlab bir oy davomida, biroq nikohni qayd etish belgilangan kundan kamida 2 kun oldin Markazga kelgan holda nikohni qayd etish tartibiga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. Markaz orqali murojaat qilingan paytda tibbiy ko‘rikdan o‘tish hamda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun yo‘llanmalar Markaz xodimi tomonidan beriladi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar mustasno bo‘lib, ushbu hollarda ellik yoshgacha nikoh tuzuvchi shaxslarga faqat OIV-infeksiyasi yuzasidan majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tish uchun yo‘llanma beriladi. Agar biron-bir sabab bilan nikoh tuzuvchilarning ikkalasi ayni bir vaqtda Markazga kelish imkoniyati bo‘lmasa, u holda Markazga arizani ulardan biri berishi mumkin, bu holda kela olmagan shaxsning imzosi notarial tartibda yoki FHDY organi mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Nikohlanuvchi shaxslar tomonidan so‘rovnoma imzolangandan so‘ng tegishli tarribda to‘lovlar amalga oshiriladi: Ilgari nikohda bo‘lgan shaxs FHDY organiga avvalgi nikohi bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi kerak. Bu — nikohning bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma (nikohdan ajralganlik haqidagi ma’lumotnoma) yoki sud qarori, erning (xotinning) o‘limi haqidagi guvohnoma (o‘lim haqidagi ma’lumotnoma) va uning vafot etgan shaxs bilan tuzilgan nikohi haqidagi ma’lumotnoma yoxud sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi qarori bo‘lishi mumkin.
Voyaga yetmagan farzandlari bo‘lmagan er-xotinlarni ularning o‘zaro roziligiga ko‘ra nikohdan ajratishni qayd etish haqida arizalar ham O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 42 va 218-moddalariga muvofiq FHDY organi mulkiy nizolari hamda voyaga yetmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlari) bo‘lmagan er-xotinlardan ushbu qarorga muvofiq shakldagi nikohdan ajratish to‘g‘risidagi so‘rovnomani Markazlar orqali qabul qiladi.Nikohdan ajratish yuzasidan murojaat qilgan er-xotin o‘zlari kelib murojaat etgan taqdirda, Markaz xodimi er-xotinlar nomidan so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi.Bunda, murojaat qilgan er yoki xotin nikohdan ajratishni qayd etadigan FHDY organini tanlaydi.Markaz er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Agar er-xotindan biri nikohdan ajralish to‘g‘risidagi so‘rovnomani berish uchun Markazga kela olmasa, u holda er-xotin nomidan birgalikda yozilgan arizani ulardan biri topshirishi mumkin. Kela olmagan er yoki xotinning arizadagi imzosi notarial tartibda yoki FHDY organi mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Arizada er-xotin ajralishga o‘zaro rozi ekanliklari, voyaga yetmagan bolalari yo‘qligi, shuningdek ulardan biri nikohdan ajratish qayd etilishi belgilangan kunda FHDY organiga kela olmasa, nikohdan ajratishning uning ishtirokisiz qayd etilishiga roziligi tasdiqlanadi.Er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilganligi haqida fuqarolar yig‘ini tomonidan FHDY organiga dalolatnoma taqdim etiladi. Er va xotin tomonidan so‘rovnoma belgilangan tartibda imzolangandan so‘ng belgilangan tartibda to‘lovlar amalga oshiriladi:Agar nikohdan ajralishga er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lgani holda umumiy mulk haqida yoki mehnatga layoqatsiz, muhtoj er yoki xotinning ta’minoti haqida nizolar bo‘lsa, u holda nikohdan ajratish sud tartibida hal etiladi. Nikohdan ajratishni qayd etish er-xotinning yoki ulardan birining ishtirokida nikohdan ajratish haqida so‘rovnoma berilgan kundan keyin uch oy o‘tgach amalga oshiriladi va sobiq er-xotinlarning har biriga nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma beriladi. Nozimа Karimova,Uychi tuman Adliya bo`limining FHDY bo`limi 2-toifali inspektori






