Mehnat to'g'risidagi qonunchilikda xodimlar uchun bir qator mehnat huquqlari va imtiyozlar belgilangan. Ularning bu huquq va imtiyozlariga ish beruvchi rioya qilishi va qonunda xodimlar uchun belgilab qo'yilgan mehnat huquqlariga rioya qilishlari shartdir.Ma'muriy qonunchilikda mehnatga majburlash, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini to'lash, homiladorlik va tug'ish nafaqalarini to'lashdan bo'yin tovlash, voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanish, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Agar ish beruvchi xodimning huquqlarini poymol etsa, misol uchun, unga yillik mehnat ta'tilini berishni rad qilsa, xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarayotgan paytda uning o'rtacha ish haqini saqlab qolmasa va shu kabi huquqbuzarliklar uchun O'zbekiston Respublikasi MJTKning 49-moddasi bo'yicha javobgarlikka sabab bo'ladi.Shuningdek, mehnatga haqni pulsiz shaklda to'lash MJTKning 175-4 moddasiga ko'ra ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Xodimga ish haqi to'lash muddatlarining buzilishi 161-moddaga ko'ra, voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanish ushbu Kodeksning 241-moddasiga muvofiq, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqalar to'lash majburiyatidan bo'yin tovlash 16-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi. Mehnatga ma'muriy majburlash ushbu Kodeksning 7-moddasi birinchi qismiga muvofiq, ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi.Yuqorida ko'rsatib o'tilgan mehnatga oid huquqbuzarliklar uchun agar jinoiy alomatlar bo'lmasa, bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobaridan 10 barobargacha jarima solinishiga sabab bo'ladi.Agar ish beruvchi mehnat haqidagi qonunchilik me'yorlariga amal qilmasa, bu xatosi unga nisbatan ma'muriy jarimalar qo'llanishiga olib keladi.
A.DAVRANOVTuman adliya bo'limiga qarashli yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsulti






