Prezidentimiz kambagʻallikni qisqartirish borasida hududlardagi haqiqiy holatga baho berish, amalga oshirilayotgan ishlar ijrosini nazorat qilish Oliy Majlis palatalari va mahalliy kengashlarning diqqat markazida turishi zarurligini qayd etdi. Har bir tuman va shahar hokimi oʻz hududida kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqib, uning ijrosi boʻ¬yicha har chorakda mahalliy kengashlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa hisobot berib borishi yoʻlga qoʻyildi. Bu masalaga barcha rahbarlarning birinchi darajali vazifasi va ish samarasini baholaydigan asosiy mezon sifatida qaraldi. Shu dastur ioojrosi yuzasidan barcha hududlarda “Temir daftar” shakllantirildi.«Temir daftar» — ishsiz, ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahallada shakllantirilgan shaffof ro‘yxatidir.«Temir daftar» o‘z navbatida fuqarolar yig‘inlari raisining sektor va hudud rahbari bilan hamkorlikdagi faoliyatini mustahkamlaydi.«Temir daftar»ga ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi, jumladan:• kam ta’minlangan;• nogironligi bo‘lgan;• ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar;• yakka-yolg‘iz keksalar;• doimiy ishsiz fuqarolar;• karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar;• og‘ir epidemiologik hududlardan qaytarib kelingan fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘riladi.Shuningdek, mas’ul xodimlar o‘zining kunlik amalga oshirgan ishlari yuzasidan «Temir daftar"idagi ma’lumotlarni saxovat.argos.uz saytiga raqamli imzo kaliti orqali elektron shaklda kiritib boradi. “Temir daftar”dan oʻrin olgan yordamga muhtoj boʻlgan fuqarolar bilan individual ishlash yoʻlga qoʻyiladi. Mehnatga layoqatli boʻlgan fuqarolar ishga joylashtirilib, bandligi taʼminlanadi yoki oʻzini oʻzi band qilish orqali ularning daromadini oshirishga erishiladi. Shundan soʻng fuqaroning arizasi va ishchi guruhning tavsiyasi asosida bu fuqaroni roʻyxatdan chiqarish xalq deputatlari tuman (shahar) kengashi qarori asosida hal qilinadi. Uychi tuman Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi booshlig`i A.Dexqanov






