O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son “Oila va xotin qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmonida yurtimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish belgilangan.

Shunga ko'ra, Uychi tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi mahalla fuqarolari yig'inlari xotin-qizlar faollariga yuqoridagi Farmon mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida seminar targ'ibot tadbirlari tashkil etildi. Mazkur tadbir davomida tinglovchilarga xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar tushuntirilib, ularning savollariga javob berildi.