Uychi tuman axborot-kutubxona markazi o'quv zalida Ma'suda Qirg'izova qalamiga mansub "Oq kabutar" hamda tumanimiz ijodkorlarining qalamiga mansub asarlar to'plam qilib nashr etilgan "Uychi durdonalari" kitoblarining taqdimoti bo'lib o'tdi.
Unda Respublika ma'naviyat va marifaat markazi Uychi tuman bo'linmasi rahbari E.Yunusova, O‘zXDP tuman kengashi raisi G'. Jo'rayev, tumanimiz ijodkorlaridan Z.Ahmadjonova, M.Qirg'izova, M.Ahmadjonova, 36-maktabning 6-7-sinflari o'quvchilaridan iborat jami 43 nafar foydalanuvchi kitobxon ishtirok etdi. Kitobxonlar tomonidan ijro etilgan she'rlar yig'ilganlarga manzur bo'ldi.






