Ta’lim kreditlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.
Unga ko‘ra, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila a’zolari yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Ta’lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- ariza;
- to‘lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
- ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot.
Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Ta’lim krediti shartnomasi to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi hamda u Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, yoki asosiy stavka oshirilgan taqdirda ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.
Ta’lim krediti olinganda uni to‘lash uchun sarflangan mablag‘lar daromad solig‘idan ozod etiladi.
Uychi Yuridik hizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti: I.Davranov






