15 - oktabr - "Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan qishloq ayolining hayoti va mehnati, ularning jamiyat rivojida tutgan o‘rnini targ‘ib qilish maqsadida Namangan viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Namangan viloyati badiiy ijodkorlar uyushmasining "Namangan tarixi va madaniyati" muzeyida " SEN AZIZ VA MUQADDAS SAN AYOL" mavzusidagi ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada sohadagi jonkuyar mutasaddilar va ustoz rassomlar, ularning izdoshlari ishtirok etdilar. Unda Mamasoli Ahmedov qalamiga ostidagi nafis asarlar tomoshabinlar tasavvur dunyosini yanada kengaytirdi. Ko‘rgazma davom etmoqda.P.S: Albatta, siz ham boring!Dilnoza Azizova, 22-IDUM ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi