Avval xabar berganimizdek 9-11-oktabr kunlari Boshqirdistonning Ufa shahrida sportning belbog'li kurash turi bo'yicha Xalqaro turnir bo'lib o'tayotgandi.

Yurtimiz sha'nini himoya qilayotgan kurashchilarimiz turnirning final qismida boshqirdistonlik raqiblari bilan 4:3 hisobda bahsni yakunlab, shoxsupaning ikkinchi pog'onasidan o'rin olishdi.

G‘o‘lib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida Boshqirdiston Respublikasi sport vaziri Ruslan Xabibov, Delegatsiya rahbari Anvarjon To'ychiyev hamda bir qator sport ustalari ishtirok etishdi.

Ma'lumot uchun:Finalda Xamidov Murodjon 68 kg, Nuraliyev Muhriddin 82 kg, Umarov Rustam 100.kg g‘alaba qozonishdi.

Yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytayotgan sportchilarimiz va butun viloyatimiz ahlini g‘alaba bilan muborakbod etamiz.