Ustozlarni ulug'lash, ularga  hurmat va ehtirom ko'rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. Bugun ustozlarimizning kasb bayramlari arafasida yoshlarimizi vatanga muhabbat, milliy an'ana , qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalayotgan ustozlar bayrami munosabati bilan  45-maktabda "Ustozga ta'zim" nomli  bayram tadbiri bo'lib o'tdi . Ushbu bayram tadbirida o'quvchilar o'z she'rlari, raqs  va sahna ko'rinishlari bilan tomoshabinlarning ko'nglini xushnud etishdi. Tadbirga Uychi tuman hokimining o'rinbosari Abror Sobirov, tuman prokurori,  2-sektor rahbari Ahmadjon To'xtasinovlar tashrif buyurib, ustozlarni bayram bilan tabriklashdi.