Bugun 35-maktabda "Ta'zim sizga, ustoz-u murabbiylar!" nomli tadbir bo'lib o'tdi.Tadbir ko'tarinki ruhda tashkillandi. Unga Uychi tumani prokurori, 2- sektor rahbari A.To'xtasinov , tuman hokimining o'rinbosari A.Sobirov, tuman XTB mudiri M.Mo'minovlar tashrif buyurib, faxriy ustozlarni tabriklashdi. Maktabning ingliz tili fani o'qituvchisi Mahfuza Salomova "Xalq ta'limi a'lochisi" , tarix fani o'qituvchisi Nilufar Turg'unova "Amir Temur" ko'krak nishoni bilan taqdirlanishdi. Faxriy ustozlarga ehtirom ko'rsatildi.






