"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha Uychi tumanidagi 56 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida musobaqalar tashkil etildi.

Mazkur musobaqa Qo‘rg‘oncha MFYda ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Mahalla yoshlarida jismoniy tarbiya va sportga boʻlgan qiziqishni oshirish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va koʻnikmalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada mahalla yoshlari faol ishtirok etishdi. G‘olib jamoa sektor bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.