Uychi tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari tomonidan joylarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha profilaktik targ'ibot-tushuntirish ishlari davom etmoqda.
Boyag'on mahallasiga xizmat ko'rsatuvchi profilaktika inspektori, kapitan U.Rahimov tomonidan "xonadonbay" tizimi asosida uyma-uy yurib, aholini ijtimoiy-ma'naviy muhitini sog'lomlashtirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga doir profilaktik targ‘ibotlar olib borilib, firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llari tushuntirildi.






