Uychi tumani IIB va hamkor tashkilotlar tomonidan “Qizil hudud” sanalgan mahallalarda “xonadonbay” tizimi asosida aholi orasida navbatdagi keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bunda aholi muammolari o‘rganilib, “Теmir daftari”ga kiritilgan yoshlar, xotin-qizlar bandligini taʼminlash va daromadini yo‘lga qo‘yishga eʼtibor qaratildi.

Ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, notinch oilalar muhitini sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hamda ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga doir profilaktik targ‘ibotlar olib borildi.

“Himoya orderi” berish tartibi xususida huquqiy tushunchalar berildi.

Oila-turmush doirasidagi jinoyatchiliklardan ehtiyotkorlikka chorlanib, ayniqsa firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llari tushuntirildi.