Bugun erta tongdan Uychi tumani IIB JXX HPB xodimlari tomonidan, Uychi tumani “Oqtosh” MFYda joylashgan dehqon bozorida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash shuningdek, huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga doir profilaktik targ‘ibotlar olib borildi.Shu bilan birga, firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llari tushuntirildi.