Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-mart kungi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”giPQ-2833-son qaroriga asosan Uychi tumani IIB tomonidan tumanda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Shuningdek, Uychi tumani Islomobod mahallasida yashovchi 2 nafar kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi yana 2 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayolga tibbiy muolajalar ko‘rsatilib, kerakli dori darmonlar yetkazib berildi.

Haydovchilar va keng jamoatchilik vakillari bilan sodir etilishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan muhokama yig‘ilishlari ham o‘tkazilib, bir soniyaga hushyorlikni yo‘qotish qanday ko‘ngilsiz holatlarga olib kelganligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi. Bundan tashqari, tadbirlar davomida 2 nafar ayollarga himoya orderlari berilib, yana 2 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayol doimiy ish joyiga ega bo‘ldi.

Mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish yuzasidan targ‘ibot va tashviqot ishlari ham olib borilib, fuqarolar hushyorlik va ogohlikka chaqirildi.

Inspektor-psixologlar tomonidan Norin daryosida fuqarolarga taqiqlangan va ochiq suv havzalarida choʻmilmaslik, uning oqibati ayanchli boʻlishi mumkinkinligi haqida tushunchalar berildi.

“Profilaktika kuni” doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishdir. Bu kabi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.