Uychi tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari tomonidan joylarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha profilaktik targ'ibot-tushuntirish ishlari davom etmoqda.
G'ayrat mahallasiga xizmat ko'rsatuvchi profilaktika inspektori kapitan E.Davlatov tomonidan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga doir profilaktik targ‘ibotlar olib borilib, firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llari tushuntirildi.






