Mahallalarda “Payshanba - huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” profilaktik tadbirlari o‘tkazildi
Uychi tumani IIB JXX huquqbuzarliklar proflaktikasi bo‘limi profilaktika inspektorlari tomonidan qizil hudud sanalgan Beruniy mahallasida “xonadonbay” tizimi asosida aholi orasida navbatdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Bunda, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, notinch oilalar muhitini sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hamda ular o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, ayollarning huquqiy savodxonligini oshirishga doir profilaktik targ‘ibotlar olib borildi.
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan fuqarolarga “Himoya orderi” rasmiylashtirilib, huquqiy tushunchalar berildi.
Oila-turmush doirasida bilib-bilmay jinoyat ishtirokchisi bo‘lib qolishdan ehtiyotkorlikka chorlanib, firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llari tushuntirildi.






