☀️Yoz fasli kelishi bilan bolalarning sevimli maskani bo‘lmish oromgoh barcha bolajonlarni o‘z bag‘riga chorlaydi. Kuni kecha Uychi tuman Sardorlar Kengashi tomonidan tumandagi "Umid nihollari" bolalar oromgohida jajji bolajonlarning vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Yoshlar oqshomi" tashkil etildi. Dastur davomida turli xil ko‘ngilochar o‘yinlar, sport musobaqalari hamda savol-javob viktorinalari bo‘lib o‘tdi.

🌈Tuman sardorlari tomonidan tayyorlangan raqslarga oromgohdagi bolajonlar ham qo‘shilib, miriqib dam olishdi.

✅Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan bolajonlar O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Uychi tuman Kengashining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.