OCHIQ ESHIKLAR KUNI

Uychi tuman statistika bo‘limi tadbirkorlik suby’ektlari tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida har oyning birinchi va uchinchi juma kunlari «Ochiq eshiklar kuni», har oy tushuntirish ishlari va seminarlar o‘tkazish tashkil qilingan. Bunga ko‘ra barcha hisobot topshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari hisobotlar va yangi eStat 4.0 dasturi haqida o‘zlari qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishlari mumkin.Uychi tuman statistika bo‘limi.Telefon raqam: 69-482-15-45

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, byudjet tashkilotlari rahbar va hisobchilar diqqatiga!!!

Yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari (kichik korxona va mikrofirmalar, xususiy uy-joy shirkati, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalari, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tashqari) 4-mehnat shakli choraklik Davlat statistik hisobotini 2022-yil 6-iyuldan kechiktirmay elektron tarzda taqdim etilishi lozimligini eslatib o‘tamiz.

Uychi tuman statistika bo‘limi

TIJORATCHI TASHKILOT BO‘LGAN YURIDIK SHAXSLAR, ULARNING ALOHIDA BO‘LINMALARI VA NOTIJORAT TASHKILOTLAR RAHBARLARI DIQQATIGA !(kichik korxonalar va mikrofirmalardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan ro‘yxat bo‘yicha)Statistika organlariga (har oyning yakuni bo‘yicha) taqdim etiladigan «Tashkilot faoliyati to‘g‘risida»gi 12-korxona shakli (oylik) davlat statistika hisobot shaklini, hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay, internet tarmog‘i vositasida, elektron shakldagi statistik hisobotlarni yig‘ishning avtomatlashtirilgan ahborot tizimi «eStat 4.0» dasturi orqali, elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz so‘raladi.Uychi tuman statistika bo‘limi.

Barcha xo’jalik yurituvchi suby’ektlar diqqatiga!

Hurmatli tadbirkor, endilikda Davlat statistika hisobotini topshirishda qulaylik eStat 4.0 dasturi orqali elektron ko’rinishda taqdim etish belgilandi. Davlat statistik hisobotini (hisobot.stat.uz) havolasi orqali elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda topshirilishi zarur. Agar muddati o‘tgan bo‘lsa, uni yangilashni unutmang, aks holda Davlat statistika hisobotini eStat 4.0 dasturi orqali elektron ko‘rinishda taqdim eta olmaysiz.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan davlat statistika 12-moliya hisobotlarini “ESTAT 4.0” tizimlari orqali 2022 yilning 18-iyul sanasidan kechiktirmay topshirilishini ma’lum qilamiz.ESTAT 4.0 (hisobot.stat.uz) havolasi orqali hisoboti topshirish vaqtida elektron raqamli imzo (ERI) bo‘lishi zarur.Murojaat uchun telefonlar: 69-482-15-45