MAHALLA RAISINING BIRINCHI ISH KUNIDA

Guliston MFY raisi A'zamjon Valiyev ish faoliyatining birinchi kunidanoq “Mahallabay” va “Xonadonbay” ishlash tizimi tamoili asosida ish tashkil etib, xotin-qizlar faoli Madina Asqarova, yoshlar yetakchisi Ma'rufjon Yusubjonov hamkorligida "Chashma" ko‘chasida istiqomat qilayotgan nogironligi bor oila Inomjon ota Rahmonov xonadonidan xabar olib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etdi. Bundan tashqari, aholi murojaatlari ham o'rganilmoqda. Hududdagi "Chashma" ko'chasida tashkil etilgan tibbiyot punktida yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishildi.

Shu bilan birga, “mahallabay” va “xonadonbay” o‘rganish natijasida aniqlangan bir qator mavjud muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi.