Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Odiljon Mamatkarimov Namangan viloyati, Uychi tumanidagi Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 1-sonli umumta’lim maktabidagi so‘ngi qo‘ng‘iroq tadbirlarida ishtirok etib, davlatimiz rahbarining maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, o‘quvchi yoshlarga bilim berishda faol ishtirok etayotgan bir guruh ustozlarga institut rahbariyatining tashakkurnomalari taqdim etildi.
Maktabning bitiruvchilariga ham sovg‘alar ulashilib, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan yigit-qizlarga oliy ta'lim muassasalari talabasi bo‘lish baxti tilandi.






