✅ Tinchligimiz va yorug‘ kunlarimiz uchun jon fido qilib kurashgan, buning uchun hayotini qurbon qilgan vatandoshlarimiz xotirasini yod etish maqsadida joylarda “Sharaf lentasi” targ’ibot aksiyasi oʻtkazilmoqda.

🔰 Ushbu aksiya doirasida Yoshlar ittifoqi Uychi tuman sardorlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, Namangan U-Report Yoshlar Qo'mitasining Uychi filiali volontyorlari tomonidan ham aholi gavjum maskanlar hamda markaziy ko‘chalar, ishxonalardagi yurtdoshlarimizning koʻksiga “Sharaf lenta”lari taqib qoʻyildi.

⚡️Aziz yoshlar, aksiyada faol ishtirok eting!