2022-yil 2-apreldan 2-maygacha barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida o'tkazilayotgan «Ma'naviyat oyligi» tadbirlari doirasida Uychi tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari bilan Chortoq tumani Nurafshon MFYda joylashgan "Koroskon Orom Savdo Invest" qoshidagi tarixiy muzeyga sayohat qilindi.

Ushbu muzeyda 700 ortiq eksponant, 2000 dan ziyod kitob mavjud. O'tmishni eslatuvchi 10 ta avtomashina, turli davrlarga tegishli bo'lgan televizor, radio, musiqa asboblari, telefonlar, fotoapparatlar saqlanmoqda. Profilaktika inspektorlari o'z vatani tarixi, qadriyatlarga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg'usi, istiqlol ne'matining naqadar be'baho va yuksak ekanligi, uni qadriya yetish kerakligini his etib, bizdan oldin yashab o'tgan ajdodlar boy merosi bilan tanishishdi.