Joriy yil 11-mart kuni Uychi tuman xalq ta‘limi bo‘limi mudiri tashabbusi bilan 4,8,9,46-sonli umumta‘lim maktablarining sinf rahbarlariga "Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik va o‘z joniga qasd qilishni oldini olish" mavzusida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda M.Mo‘minov, "Ziyokor" MFY profilaktika inspektori T.Yakubov, inspektor psixolog R.Adashev, Yoshlar ishlari agentligining "Xojiobod", "Do‘stlik", "Yangiyer", "Ziyokor" MFYdagi yoshlar yetakchilari hamda 4,8,9,46-sonli umumta‘lim maktablarining Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maktab psixologlari va ushbu maktablarning 86 nafarsinf rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida "Har bir o‘quvchini o‘z farzandimizek e‘tiborni kuchaytirasak turli hil huquqbuzarliklarni oldini olgan bo‘lamiz" deya takidladi M.Mo‘minov. U o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi" dagi yo‘nalishlar va Muhataram yurtboshimiz tomonlaridan joriy yil 28-yanvar kuni maktab ta‘limini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektorida belgilangan vazifalarni sidqidildan bajarsak ma‘nan yetuk, jismonan baquvvat yosh avlod yetishib chiqishini yana bir bor eslatib o‘tildi.







