✅Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha Uychi tuman 4-sektor tashabbusi. Hunarmand Zokirjon Soyibboev o`z biznesini yo`lga qo`yish ostonasida. 🐣Qo`lbola inkubator uskunalarini ishlab chiqarishni boshlagan tadbirkor 10 kun ichida 2 nafar fuqaroni ish bilan ta`minladi. 🔹 Tuman DSI rahbari X.Boboev 🤝 “Soliqchi-ko`makchi” tamoyili doirasida, hamda 4-sektor rahbari sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib faoliyatini kengaytirish, kredit olish, 🏫 qo‘shimcha sharoitga ega joy bilan ta`minlash yuzasidan amaliy ishlar olib bormoqda.







