Uychi tumani IIBda maʼnaviyat va maʼrifat darsi o‘tkazildi.
Unda "Korrupsiya — halokatga yo‘l" mavzusida tuman IIB TB xodimlari tomonidan ish faoliyati va inson hayotiga salbiy natijalari misollar orqali yoritib, tushuntirildi.
Tuman IIB boshlig‘i Umidjon Eshanov ishtirokida hafta davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muokamasi o‘tkazildi. Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar tuman IIB intizom kengashida muokama qilinib, kerakli chora-tadbirlar belgilandi.
Bundan tashqari, bo‘lim boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1- sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mahallada xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari mahalla yettiligi tomonidan ishlarni kuchaytirishi, xizmat intizomiga, fuqarolar bilan muloqot jarayonida xushmuomalikka rioya qilishi kerakligi bo‘yicha ogohlantirildi.







