Xabaringiz bor “Yashil makon” loyihasi asosida Pop tumanidan o‘tuvchi 4R-112 avtomobil yo‘lining Pop tumanidan o‘tuvchi Farg‘ona halqa yo‘lining 37 kilometr masofasida korxona, tashkilotlar tomonidan “Yashil belbog‘” barpo etilgan edi. Ushbu hududda suv kam bo‘lganligi sababli maxsus texnikalar yordamida suv olib kelib sug‘orish ishlari amalga oshirilayotgan edi.
Namangan davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti M.Qoriyev tomonidan ishlab chiqilgan suvtejamkor agrotexnologiyasini sinovdan o‘tkazish va amaliyotga tatbiq etish maqsadida, Namangan viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ushbu hududga 500 tup sada qayrag‘och ko‘chatlari kichik handaklar va mulchalash agrotexnologiyalarini birgalikda qo‘llash asosida ishlab chiqilgan suvtejamkor agrotexnologiya asosida ekildi.
Mazkur agrotexnologiyaning afzalligi shundaki, qish va bahor oylaridagi yog‘ingarchilik taʼsirida tuproqda to‘plangan namlikni uzoq vaqt saqlab turish imkonini beradi. Natijada ko‘chatlarni sug‘orish uchun sarflanadigan suvning bir qismini tejab qolishga yordam beradi. Shu bois sug‘orish taʼminoti murakkab bo‘lgan hududlarga mevali va manzarali daraxtlardan bog‘ tashkil etishda ushbu agrotexnologiyaning ahamiyati kattadir.
Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatiBizni kuzatib boring 📱 Telegram (https://t.me/eko_xabarlar)// 📨🖊 @econam_bot








