🔹Uychi tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 46 ta maktab direktori va ularning o‘rinbosarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

👉Unda tuman IIB boshlig‘i Umidjon Eshanov, tyman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Muzaffar Mo‘minov ishtirok etdi.

🔹Yig‘ilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi boʻyicha 2025-yil davomida мактаб oʻquvchilar tomonidan jinoyatlar sodir etilishini keskin kamaytirish, davomat masalasi, 2024- yilning 12 oyi va joriy yil 2 oyi davomida tuman hududida maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik, bezorilik, tan jarohati yetkazish, nomusga tegish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar muhokama qilindi.

✔️O‘zaro savol-javob, tahlil asosida o‘tgan yig‘ilishda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, o‘zaro hamkorlik, o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilikka nisbatan murosasizlik ruhini shakllantirish kerakligi alohida ta’kidlandi.