Uychi tuman IIB boshlig‘i va sohaviy xizmat rahbarlari tomonidan tumanning "Qashqar","Keskanyor" mahallalari yettiligi faoliyati va profilaktika inspektorlari xizmat xonalari, yurituvdagi hujjatlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muddat belgilab berildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish tushuntirildi.

"Xavfsiz ko‘cha", "Xavfsiz yo‘lak" tamoyili asosida tungi vaqtlarda ko‘chalarni yoritish bo‘yicha ish tashkil qilinib, tuman markazida piyodalar o‘tish yo‘laklariga yoritish chiroqlari o‘rnatildi.